O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə47/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “H” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.
26-MASHG‘ULOT


Mavzu: “Sh” tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
Sh” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
Vazifalar:

  • Sh” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • Sh” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish

  • Sh” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.

  • Sh” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish

Kutilayotgan natijalar:

  • Sh” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • Sh” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Sh” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘ati boyitiladi.

  • Sh” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladi.

Kerakli jihozlar:

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “Sh” tovushi bilan tanishamiz.
SHolg‘om so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: SHolg‘om Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: SH-sh-shol-g‘om, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: SHo-o-o-l-g‘om 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: SHol-l-l-g‘om. 3- to‘rtburchak chiziladi: —SHolg‘om so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“Sh” tovushi) Bugun siz “Sh” tovushi bilan tanishasiz. “Sh” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Lablar aylana shaklida va oldinga bir oz chiqqan, tishlar bir- biriga yaqinlashgan, tilning keng uchi alveolaga yoki qattiq tanlayning oldingi qirrasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ular oralig‘ida tirqish hosil bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devorga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib qo‘yadi. Buning natijasida havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
Tarbiyachi endi men sh tovushini birga talaffuz qilamiz. sh tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) “Sh” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
Sh” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “Sh” tovushining so‘z boshida (sholg‘om, shaftoli, sher), o‘rtasida (toshbaqa, Toshkent), oxirida (osh, bosh, qish, kurash) kelishi; haqida
so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, sn tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə