O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Sigir so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Sigir



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə44/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Sigir so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Sigir Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: s-s-s-i-gir, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: si-i-i-gir 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: si-g-g-g-ir. 3- to‘rtburchak chiziladi: — Sigir so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“S” tovushi) Bugun siz “S” tovushi bilan tanishasiz. “S” tovushi bolalarga talaffuz qildiriladi.
Tarbiyachi: “S” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar kulgu holatida, tishlar ko‘rinib turadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng qismi pastki kurak tishning orqasida turadi, tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlar yoki alveolalar bilan tirqish hosil qiladi, til kuragining yon qirralari yon tishlarga zich tiralgan bo‘lib, faqat o‘rta qismida ingichka tirqich qoladi, tilning o‘rtasida sovuq havo oqimi o‘tadi, buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa qismini og‘iz oldiga olib borish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopadi va buning natijasida havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglaydi.
S” undosh tovush ekan. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
S” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “S” tovushining so‘z boshida (soat, sava, savat, svetofor), o‘rtasida (Mastura, asal, asil), oxirida (mis, atlas) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “S” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.


Tetiklashtiruvchi mashq
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “S” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “S” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “S” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə