O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Handalak so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Handalak



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə46/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Handalak so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Handalak Men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: h-h-h-an-da-lak, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: ha-a-a-n-da-lak 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: han-n—n-da-lak. 3- to‘rtburchak chiziladi: — Handalak so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“H” tovushi) Bugun siz “H” tovushi bilan tanishasiz. “H” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi. Tarbiyachi endi men “H” tovushini talaffuz qilaman, “H” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “H” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi.
lablar bir oz ochiq, harakatsiz, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng qismi pastki kurak tishning orqasida turadi, havo tomoqdan qirilmay, yumshoq chiqadi.
Demak, “H” undosh tovush ekan. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
H” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “H” tovushining so‘z boshida (humo,hassa, haykal, hunar, halol), o‘rtasida (mohir, mehr, Tohir, Mohira), oxirida (timsoh, siyoh) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “H” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Tetiklashtiruvchi mashq
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “H” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “H” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “H” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “H” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi



“Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizamiz” o‘yin-mashqi. Bolalarni chizishda qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatiladi.





Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə