O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə42/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kerakli jihozlar:

Nuqta- chiziqchalar bilan tasvirlangan tasvir
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “ng” tovushi bilan tanishamiz.
Tong so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Tong men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: T-t-t-o-ng, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: T-o-o-o-ng 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: To-ng-ng-ng 3- to‘rtburchak chiziladi: — Tong so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“ng” tovushi) Bugun siz “ng” tovushi bilan tanishasiz. “ng” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Kesma harflar bilan ishlash.
Tarbiyachi “ng” birikmasi ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (bodring, tong, rang, tanga, otang, onang ) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda “ng” birikmasi ishtirok etgan bo‘lsa “ng” kesma birikmasini baland ko‘taradilar.
Tetiklashtiruvchi mashq
Bolalar nutqni harakat bilan bog‘laydilar.
Oyog‘imiz taq– taq – taq,
Qo‘limiz chapak – chapak.
Boshimiz sarak – sarak
Qo‘limizni ko‘tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo‘lib,
Joyimizda aylandik.
Qo‘lni yonga tushirdik
Doira bo‘ylab yugurdik.
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “ng” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “ng ” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “ng” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə