O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə63/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
катта гурух саводхонлик 2

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar X tovushi bilan tanishamiz.
Xo`roz so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Xo`roz men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: Xo`roz. Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Xo`roz 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Xo`roz 3- to‘rtburchak chiziladi: — Xo`roz so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“X” tovushi) Bugun siz “X” tovushi bilan tanishasiz. “X” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
“X” tovushini talaffuz etganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi:
Lablar bir oz ochiq, harakatsiz bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan bo‘ladi, ammo birikmaydi, “X” tovushini unli “a”, “i”, “u” tovushlari bilan birikkan holda talaffuz etilganida, tilning uchi pastga tushgan va bir oz itarilagan, til kuragining orqa qismiyumshoq tanglayga yaqinlashgan bo‘lib, tor bo‘shliq hosil bo‘ladi va u bo‘shliq orqali havo o‘tadi “X” tovushi “ya”, “e”,”yo”, “yu” unli tovushlar birikmasi bilan talaffuz etilganda,til uchi pastga tushgan bo‘lib,pastki kurak tishlar asosiga tegib turadi va bo‘shliq hosil qiladi. Bu bo‘shliq (tirqish) orqali o‘pkadan kelayotgan havo o‘tadi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgaan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi. Buning natijasida havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush bog‘lamlari ochiq, tovush jaranglamaydi.
“X” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) “X” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “X” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
- “X” tovushi qanday tovush?
- Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
“X” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
x tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “X” tovushining so‘z boshida (xat,xo`roz, xabar), o‘rtasida (paxta, taxta, gulxan ), oxirida (Jizzax, shox) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, x tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə