O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Hujayra strukturasi va funksiyalari



Yüklə 113,61 Kb.
səhifə10/13
tarix23.12.2023
ölçüsü113,61 Kb.
#157232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Hujayra strukturasi va funksiyalari
Hujayra morfologiyasi. «Hujayra» atamasi grekcha «sytos» hujayra so’zidan olingan. o’simliklar bir hujayralik-prokariotlar va ko’p hujayralik-eukariotlarga ajraladi.
Bir hujayrali organizmlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari misol bo’lishi mumkin. Bu hujayralarda shakllangan yadro bo’lmaydi. DNK moddasi hujayra markazida ma’lum fazada to’plangan holda joylashgan. Bir hujayralik organizmlarda metabolitik jarayonlarning hamma funksiyalari shu bitta hujayrada bajariladi.
Shakllangan mustaqil yadroga ega bo’lgan hujayralik o’simliklar-eukariot organizmlar deb ataladi. ko’p hujayralik organizmlarda har bir to’qimani tashkil etuvchi hujayrada modda almashinuv jarayonining ma’lum bir funksiyalari bajariladi. Shuning uchun ham ko’p hujayrali organizmlar, hujayralar yig’indisidangina iborat bo’lib qolmay, balki bo’tun bir organizmni tashkil etuvchi to’qima va organlar yig’indisidan iboratdir. Ular funksiyalarining o’zaro bog’liqligi natijasida umumiy metabolitik jarayon royobga keladi.
O’simliklar hujayralari Shakli jihatidan ikki gruppaga bo’linadi:

  1. Parenxima shaklli hujayralar-bularga eni boyidan asosan farq qilmaydigan hujayralar kiradi.

  1. Prozenxima shaklli hujayralar – bularning boyi enidan bir necha barobar uzun bo’ladi.

Hujayralarning hajmi xilma-xil kattalikka ega bo’ladi. M: asosiy to’qimani tashkil qiluvchi parenxima hujayralari 0,015-0,070 mm, prozenxima shakldagi hujayralar esa uzun bo’lib, har xil o’simliklarda, hatto bir xil o’simliklarda ham har xil bo’ladi-paxta tolasi 65-70 mm, qichitqi o’tning po’stloq tolasi 80 mm bo’lishi mumkin.
Hujayralar hajmi Shakli va bajaradigan funksiyalariga qarab har xil bo’lsalar ham asosan umumiy tuzilishga ega. Ya’ni, har bir voyaga yetgan hujayrada: po’st, sitoplazma, vakuola, yadro, plastidalar, mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, endoplazmatik tur, membranalar va boshqalar bo’ladi.



1 - Rasm. Hujayraning umumiy korinishi
Hujayra po’sti. o’simliklarning hujayralarida qattiq po’stning bo’lishi, ularning hayvon hujayrasidan farq qiladigan belgilaridan biri hisoblanadi. Organizmda hujayralar bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ona hujayra bo’linayotgan vaqtda undan hosil bo’layotgan ikki yosh hujayra oralig’ida juda yupqa to’siq paydo bo’ladi va u ona hujayraning ustki po’sti bilan qo’shilib ketadi. Natijada paydo bo’lgan ikkala hujayra ham qattiq po’stga o’ralib qoladi.
Hujayra po’sti asosan sellyuloza, gemisellyuloza va pektin moddalaridan iborat. Quruq og’irligiga nisbatan sellyuloza-30%, gemisellyuloza - 40%, pektin moddalari 20-25% ni tashkil etadi. Sellyuloza moddalari har xil uzunlikka ega bo’lgan zanjirsimon misellalardan tuzilgan. Hujayra po’sti asosan ichkaridan yo’g’onlashadi.
Elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha hujayra po’sti to’rsimon tuzilishga ega bo’lib, uch qavatdan iboratdir. Ichki birlamchi qavat asta-sekin yo’g’onlashish xususiyatiga ega. Buning natijasida o’rta ikkilamchi qavat hosil bo’ladi. Ikkilamchi qavat esa o’z navbatida S1,S2 va S3 qavatlaridan iborat bo’ladi. Tashqi qavat uchlamchi qavat deyiladi.
Hujayra po’sti orqali suv va suvda erigan kichik molekulali moddalar erkin qarshiliksiz o’tib, plazmolemma sathiga boradi. Lekin, hujayra po’sti tarkibida lignin, suberin moddalari ko’payganidan va kutikula qavati qalinlashganidan keyin eritmalarning diffuziyasi cheklana boshlaydi.

Yüklə 113,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə