O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar



Yüklə 113,61 Kb.
səhifə11/13
tarix23.12.2023
ölçüsü113,61 Kb.
#157232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Hujayra membranasi. Protoplastni tashqi tomondan o’rab turuvchi membrana (plazmalemma qavati) – hujayra membranasi deb yuritiladi. U yarim o’tkazgich xususiyatiga ega bo’lib, o’zi orqali suvni bemalol o’tkazadi. Lekin suvda erigan moddalar uchun yuqori darajada tanlab o’tkazuvchi barer vazifasini bajaradi. Ayniqsa har xil ionlar va molekulalarning energetik va osmotik gradiyentga nisbatan erkin harakatida barerlik vazifasini bajaradi. Bundan tashqari membrana eng muhim metabolitik nasosdir ham. Ya’ni, hujayra uchun zarur bo’lgan ionlarni gradiyentga qarshi faol o’tkazadi. Membrananing bunday xususiyatlari hujayra uchun keraksiz moddalarni ichqariga o’tkazmay faqat zarurlarini o’tkazishda beqiyos ahamiyatga ega. Demak, membranalar hujayra metabolizmi jarayonining eng muhim qismlaridan biri bo’lgan moddalar oqimi va energiyasini boshqaradi: barerlik, transport, osmotik, energetik, biosintetik va boshqalar. Membrananing bunday xususiyatlari faqat tirik hujayralardagina sodir bo’ladi.
Membranalarning shakllanishida asosiy rolni gidrofob bog’lar oynaydi: lipid – lipid, lipid-oqsil, oqsil-oqsil. Jumladan, membrana tarkibiga strukturaviy oqsil, fermentlar, nasoslar, tashuvchilar, ion kanallari vazifalarini bajaruvchi oqsillar ham kiradi.
Umuman, membrana protoplazma va organoidlarni faqat o’rab va ajratib turuvchi qavat bo’libgina qolmay, muhim metabolitik vazifalarni ham bajaradi.
Yadro. Yadro o’simlik hujayrasining eng muhim organoidlaridan biridir. Dumaloq yoki oval shaklida va ba’zi hollarda esa duksimon, ipsimon bo’lishi mumkin. o’simlik hujayrasi yadrosining o’lchami o’rtacha 10 mk atrofida bo’ladi. ko’pchilik o’simliklar hujayrasida yadro bitta bo’ladi. Yadro membrana qavati bilan o’rab olinadi va uning ichida 1-8 donagacha yadrochalar bo’ladi. Protoplazmadagi endoplazmatik tur yordamida yadro membranasi hujayradagi barcha organoidlar membranasi bilan tutashgan bo’ladi. Buning natijasida esa protoplazmaning umumiy metabolitik funksiyasi shakllanadi.
Yadroning asosiy vazifasi shundaki, u hujayra, to’qima, organ va butun o’simlik uchun zarur bo’lgan barcha fiziologik, bioximik jarayonlarni boshqarib turadi va informasion markaz sanaladi. Yadro spesifik oqsillarni sintez qilish va irsiy belgilarni saqlab avloddan-avlodga berish programmasi bilan xarakterlanadi. Bu vazifaning bajarilishida yadrodagi DNK asosiy rol oynaydi. Yadro asosini nukleoplazma tashkil qilib, uning tarkibi asosan oqsillar, DNK(14%) va RNK(12%) dan iborat. Yadroda bulardan tashqari yana lipidlar, suv, kalsiy, magniy va bir qancha mikroelementlar mavjudligi aniqlangan.
Yadrocha. Yadrocha yadroning doimiy yo’ldoshi bo’lib, yorug’lik va elektron mikrosqoplarda juda aniq ko’rinadi. Uning soni, o’lchamii va shakli o’simliklarning turlari uchun doimiydir. Yadrocha DNKning ma’lum qismlarida shakllanadi va membrana qavati bilan o’ralmaganligi uchun uning chegaralari aniq ko’rinmaydi. Tarkibida suv kamroq bo’lib, 80% oqsil va 15% atrofida RNK bo’ladi. Yadrochada RNK ning miqdori sitoplazma va yadrodagiga nisbatan ko’proq bo’ladi, chunki yadrocha RNKni taqsimlovchi asosiy markaz sanaladi. Yadrocha oqsil sintezida va ribosomalar hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Umuman, yadrocha hujayradagi genetik informasiya saqlanadigan asosiy markaz sanaladi.

Yüklə 113,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə