O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar


Plastidalar. o’simlik hujayralari plastidalarning bo’lishi bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida–grekcha “plastikos”



Yüklə 113,61 Kb.
səhifə13/13
tarix23.12.2023
ölçüsü113,61 Kb.
#157232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Plastidalar. o’simlik hujayralari plastidalarning bo’lishi bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi. Plastida–grekcha “plastikos” so’zidan olingan bo’lib, shakllangan degan ma’noni bildiradi. Sitoplazmada plastidalar o’zlarining qo’shqavat membranalari bilan ajralib turadilar. Ular dumaloq yoki oval shaklda. Yuksak o’simliklarning barg hujayralarida 20-50 donagacha uchraydi. Plastidalar rangsiz (protoplastlar, leykoplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) bo’ladi.
O’simlik hujayrasida uch xil plastidalar mavjud: xloroplastlar, xromoplastlar va leykoplastlar.
Xloroplastlar – asosan yashil rangda (grekcha “xloros”-yashil so’zidan olingan ). Tarkibida xlorofill va karotinoidlardan iborat pigmentlar bor. Mazkur organoidning asosiy vazifasi shundan iboratki, unda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. Shu sababli u fotosintetik organ ham deyiladi (fotosintez bo’limida buni kengroq ko’rib chiqamiz).

2-rasm Xromoplastning tuzilishi
Xromoplastlar - (grekcha “xroma”-rang so’zidan olingan) sariq, qizil va qo’ng’ir ranglarda bo’lishi mumkin . Ular o’simliklarning yer usti va yer osti organlarida, o’simlik gullari va meva hujayralari protoplazmasida uchraydi. Xloroplastlarda-karotinoidlar jumlasiga kiruvchi pigmentlar (karotin-C40H56, lyutein – C40H56O2, violaksantin - C40H56O4) bo’ladi. Ular gultoj barglarida, ayrim mevalarda (apelsin po’stlog’ida, na’matakda, tarvuz, pomidor, sabzida va boshqalarda) uchraydi. Xromoplastlarning shakli juda xilma-xil: dumaloq, ellipsoidsimon, uchburchak, ko’p burchakli, ignasimon, qirrali va hokazo.
XULOSA
Yosh nihollarning va o’simliklarning suv bilan ta’minlanishida hujayraning suvni so’rish kuchi uning osmotik bosimiga to’g’ri proporsionaldir. Ya’ni hujayraga suvni kirish kuchiga hujayraning so’rish kuchi deyiladi. Ya’ni bu kuch hujayra shirasining osmotik va turgor bosimlari munosabati bilan belgilanadi: SqP - T, bu yerda S– hujayraning so’rish kuchi (atm), R–osmotik bosim (atm), T-turgor bosim (atm). Formuladan ko’ringanidek osmotik bosim qancha yuqori bo’lsa, so’rish kuchi ham ortib boradi. Turgor bosim kamaygan sari so’rish kuchi ortib boradi va Tq0 bo’lgan vaqtda hujayraning so’rish kuchi yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi.


FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR:
1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y.
4. Xo’jaev J. X O’simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
Yüklə 113,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə