O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar



Yüklə 113,61 Kb.
səhifə12/13
tarix23.12.2023
ölçüsü113,61 Kb.
#157232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’simlik hujayrasining tuzilishi

Endoplazmatik to’r. Mazkur atamani 1945 yilda Porter joriy qilgan. Endoplazmatik to’r kanalchalar, pufakchalar va sisternalarning o’zaro tutashligidan iborat murakkab shoxlangan tur sistemasi ekanligi aniqlangan. Bu sitoplazmada keng tarqalgan va membrana strukturasi bo’lib, asosan juft membranalik kanallar sistemasini tashkil etadi. Membrananing qalinligi 5-7 nm atrofida, kanallarning ichki diametri 30-50 nm gacha bo’ladi. Endoplazmatik tur kanalining ichi suyuqlik bilan to’la. Endoplazmatik tur membranasining yuzasi silliq yoki granulyar (burtmachali) bo’ladi. Silliq membranada asosan uglevodlar, lipidlar va terpenoidlar hosil bo’ladi. Granulyar membranada esa oqsillar, fermentlar va boshqalar sintez qilinadi. Endoplazmatik to’r membranasining ayrim joylarida ribosomalar ham joylashgan. Ular oqsillarning sintez jarayonini taminlaydi.
Ribosomalar. Ribosomalar endoplazmatik to’rda joylashgan eng kichik organoidlardir. Ular 1955 yilda Palada tomonidan ochilgan. Ribosomalar elektron mikroskopda olingan rasmlarda dumaloq shaklda ko’rinib, diametri 20-30 nm ga teng. Ribosomolarning har biri ikkitadan katta va kichik bo’lakchalardan tuzilgan. Kattasining diametri 12-15 nm, kichiginiki esa 8-12 nm ga teng. Ribosoma bo’laklari yadrochada sintez bo’ladi va sitoplazmaga o’tadi. Sitoplazmada esa matriks RNK molekulasida ribosomalar shakllanadi. Ribosomalar sitoplazmada erkin yoki endoplazmatik to’r membranasiga tutashgan bo’ladi.
Ribosomalar hujayradagi oqsil sintez qiluvchi asosiy manba hisoblanadi. Ularda hujayradagi hamma RNKning 65 % joylashgan, oqsil 50-57 %, lipidlar 3-4% atrofida.
Keyingi yillarda aniqlanishicha, ribosomalar faqat protoplazmada bo’lmay, balki yadroda, plastidalar va mitoxondiriyalarda ham mavjud bo’lib, spesifik oqsil sintez qilish qobiliyatiga ega.
Golji apparati. Endoplazmatik to’rning ma’lum qismlarida joylashgan pufakchalik qatlamlarga Golji apparati deyiladi. Ular endoplazmatik turdan uzilib chiqib ketadigan pufakchalarning o’zaro qo’shilishi va o’zgarishlaridan yuzaga keladi. Ular turli disk, tayoqcha va boshqa shakllarda bo’lib, har to’plamda bir nechtadan joylashgan. Membranasining qalinligi 7-8 nm ga teng. Har bir o’simlik hujayrasida bir nechtadan to yuztagacha Golji apparati bo’lishi mumkin. Golji apparatining membranasi endoplazmatik to’r va plazmalemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Ular metabolitik jarayonda, yani ayrim moddalarning sintez qilinishi, hujayra po’sti, vakuola shirasining hosil bo’lishida va hujayra uchun keraksiz (shilimshiq) moddalarning hujayradan chiqarib tashlanishida ishtirok etadilar.

Yüklə 113,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə