O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
 
11.3. Ruhiy tayyorgarlik 
Gandbolchilarning 
ruhiy 
tayyorgarligi 
umumiy 
ruhiy 
tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o„z ichiga 
oladi.
Aqliy
-
irodaviy xislatni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning 
asosiy vazifasidir. 
G„alaba qilishga intilishni tarbiyalash lozim. Bunday intilishning 
eng ta‟sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni 
anglash hisoblanadi.
Ayrim gandbolchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus 
topshiriqlar berish katta ahamiyatga ega bo„lishi mumkin. O„yin 
natijasining ahamiyatini, albatta g„alaba qilish zarurligini xadeb eslatish 
ham kerak emas. Bo„lajak o„yin va uning natijasini xaddan tashqari ko„p 
o„ylayverishdan o„yinchilar e‟tiborini chalg„itish ma‟qul.
Har bir sportchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan 
bo„lishi lozim. Dadillik, qat‟iyatlilik, bosiqlik va esankiramaslik, 
tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy xislatlardir. 
Bu xislatlar o„quv
-
mashg„ulot jarayonida tarbiyalanadi. 
Maxsus ruhiy tayyorgarlik sportchidan aqliy qobiliyatning 
rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baxolay olishni, o„z 
xatti
-
harakatini to„g„ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar 
tegishli maxsus bilim va malaka egallash uchun zarurdir. Murabbiy
ayniqsa, sportchiga musobaqaga tayyorlanish jarayonida ijobiy yoki 
salbiy ta‟sir etishi mumkin bo„lgan emotsional ruhiy xususiyatlarni 
tarbiyalashga alohida e‟tibor berishi kerak. 
 
11.4. Funksional tayyorgarlik 
Gandbolchi organizmining funksional imkoniyatlari undagi 
jismoniy 
tayyorgarlikning 
asosini 
tashkil 
etadi. 
Funksional 
imkoniyatlarning darajasi aniq sport ishchanligida namoyon bo„ladi. 
Mashg„ulotlar ta‟sirida bo„ladigan o„zgarishlar mustahkam bo„lishi 
uchun o„yinchi uzoq vaqt davomida o„ziga xos maxsus ishni bajarish 


201 
qobiliyatiga ega bo„lishi lozim. Mashg„ulotlar jarayonida gandbolchiga 
hajm va shiddatliligi jihatidan anchagina katta yuklamani bajarishga 
to„g„ri keladi. Ko„pincha bu yuklamalar musobaqadagi yuklamalardan 
ham ortiqroq bo„ladi. Ma‟lumki, o„yinda faol ishtirok etgan o„yinchi 60 
daqiqa ichida hamisha qarshilikka uchraydigan sharoitda har xil tezlikda 
5
-
6 km masofani yugurib o„tadi. Bunday sharoitda bajarilayotgan 
ishning darajasi organizmning faqat energetik imkoniyatiga bog„liq 
bo„lmay, balki ma‟lum darajada jismoniy tayyorgarlikka, asab
-
mushak 
muvozanatiga, 
texnik 
kamolotga 
va 
harakat 
faoliyatining 
mustahkamligini hamda tejamkorligini ta‟minlab beruvchi boshqa 
omillarga ham bog„liq bo„ladi. 
Shug„ullanuvchilarning funksional imkoniyatlari mushaklardagi 
energetik moddalarning umumiy zaxirasidan tashqari “gipoksiya” (havo 
etishmaslik) holatiga – ruhiy tayyorgarlik bilan qarshilik ko„rsata bilish, 
ya‟ni toliqishni keltirib chiqaradigan kislorod etishmasligiga bardosh 
bera olishga ham bog„liq. 
Organizmni haddan tashqari katta ish tasiridagi toliqishdan saqlab 
qolishga subektiv toliqish sezgisi yordam beradi. Toliqish sportchi 
bajargan ishga doimo o„xshash bo„lavermaydi. Murabbiy sportchini 
toliqish alomatlariga to„g„ri baxo berishga, o„z organizmining haqiqiy 
ishchanligi chegarasini bilishga o„rgatishi kerak. SHu bilan bir qatorda, 
shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, yuklamaning hajmi va 
shiddatliligi juda katta bo„lishidan, mashg„ulot va o„yinga etarli darajada 
tayyor bo„lmaganligidan kelib chiqishini eslatib o„tish lozim. 
Gandbolda harakat faoliyati o„ziga xos bo„lgani uchun 
mashg„ulotning turli shiddatda bajariladigan mashqlari qisqa va ancha 
uzoq vaqt sust va faol dam olishni almashlab olib borish lozim. O„yin 
harakatlarining tavsifi to„xtab
-
to„xtab o„tadigan bo„lgani uchun, u nafas 
olish jarayonining maksimal miqdorda kuchaytirilishini talab qiladi.
Gandbolchilarning funksional tayyorgarligini oshirish uchun 
maxsus vositalardan foydalaniladi.
 
2
O„yinchilarning funksional qobiliyatlarini hisobga olib, ularning 
funksional tayyorgarligini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiq 
bo„ladi. 

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə