O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171

ga yugurish 
(sek). 
2. 
To„pni olib 30 
m
 
yugurish 
(sek). 
3. Tennis koptogini uzoqqa otish (
m). 
4. 
Turgan joyidan uzunlikka sakrash 
(sm). 
5. 
Turgan joydan uch hatlab sakrash (boialar uchun, 
sm). 
6. 
Oltita ustunchani aylanib oiish (masofa 30 
m, sek). 


206 
7. Kompleks mashqlarni bajarishda hamda harakatli o„yinlarda 
qatnashish. 
Tanlov 
sinovlari 
o„tkazish uchun mo„ljallangan nazorat 
mashqlarini tahlil qilish shuni ko„rsatadiki, ular o„z hajmi va 
ko„rsatkichlari bo„yicha gandbol o„yini uchun zarur boigan hozirgi 
zamon talablariga bemalol javob beradi, chunki ular harakat 
malakalarini hosil qilish asosida bolaning jismoniy qobiliyatlarini 
aniqlashga xolisona yordam berishi mumkin
3

 
“Yosh gandbolchilarni tanlab olish uslublari” mavzusi bo„yicha 
nazorat savollari 
1. Tanlov tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Tanlovning qanday turlari mavjud va ularning mazmuni 
nimadan iborat? 
3. Tanlovda qo„llaniladigan uslub va testlardan misol keltiring va 
ulardan qanday foydalaniladi? 
4. Gandbolga qabul qilish tartibi qanday amalga oshiriladi? 
 
13-bo„lim. GANDBOLCHILAR UCHUN SPORT 
TRENAJOYORLARINI QO„LLASH 
 
Sportda rivojlanish sport natijalari va zamonaviy arenalarda 
natijalar ko„rsatish bugungi kunda zamonaviy jihozlarning mukammallik 
darajasi bilan aniqlanmoqda. Jismoniy qobilyatlarni rivojlantirish va 
tiklashda eng katta natija sportchi va tashqi olamning o„zaro harakati 
sharoitlarini tiklash, ya‟ni “sun‟iy boshqaruv muhiti”ni shakllantirish 
orqali erishish mumkinligini olimlar nazariy jihatdan asoslab va amalda 
isbotlashdi. 
Yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash uchun maxsus ta‟sir 
etish vositalari – maxsus trenajyorlar va mashg„ulot anjomlari kerak 
bo„ladi. Ammo gandbolchilar uchun bunday vositalar juda kam ishlab 
chiqarilgan bo„lib, hozirda sport amaliyotida qo„llanilayotgan sport 
trenajyorlarini oltita asosiy guruhga bo„lish mumkin.
Birinchi guruh – umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun trenajyor.
Ikkinchi guruh – yengillashtiruvchi tamoyil bo„yicha ishlovchi 
trenajyorlar.
3
 
Pavlov Sh.K., Abdalimov O.X., Yusupova Z.Ye. Gandbol nazariyasi va uslubiyati. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.


207 
Uchinchi guruh – sportchilarga harakatining faol darajasini va 
ritmini shakllantirishni ta‟minlaydigan turli xil boshqaruv qurilmalari.
To„rtinchi guruh – turli xil harakatlanish xususiyat va 
qobilyatlarini rivojlantirish jarayonini texnik mukammallashtirish bilan 
birgalikda olib borish imkonini beruvchi trenajyorlar.
Beshinchi guruh – kuch xususiyatlarini va mushaklardagi 
harakatchanlikni bir vaqtda ko„rsata olish uchun sharoit yaratadigan 
o„zgaruvchan qarshilikli trenajyorlar.
Oltinchi guruh – sun‟iy, iqlimiy va ob 
-
havo sharoitlarini yaratish 
hisobiga 
sportchilar 
organizmining 
adaptatsiya 
reaksiyalarini 
stumullovchi qurilmalar. Issiq yoki nam iqlimli joylarda mas‟ulyatli 
sport musobaqalarini o„tkazishda sport amaliyotida havo harorati va 
namligini sun‟iy to„g„rilovchi jihozlar allaqachon qo„llanilmoqda. 
Musobaqa joyiga borishdan 10
-
15 kun oldin bunday jihozlarni qo„llash 
sportchilarning issiq va sovuq sharoitlarga o„rganish jarayonini ancha 
yengillashtirmoqda.

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə