O„zbekiston respublikasi oliy va o„ rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san‟at fakulteti



Yüklə 5,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/171
tarix14.09.2023
ölçüsü5,69 Mb.
#121979
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
-
rasm). 


31 
8
-
rasm
To„pni yerga urib olib yurish to„g„ri chiziq, yoysimon chiziq va 
doira bo„ylab har xil yo„nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo„nalishni, 
tezlikni, sapchish balandligini o„zgartirib hamda to„pga qaramasdan 
yerga urib olib yurishlar hozirgi zamon gandbol o„yinida katta 
ahamiyatga ega bo„lmoqda. 
To„pdan oldin ham, undan keyin ham qo„lida to„pi bo„lgan 
o„yinchi uch bosqichga o„tishi mumkin. Bir urish bilan to„pga egalik 
qiluvchi gandbolchi uch qadamgacha harakatlana boshlaydi, so„ng 
to„pni maydonchaga uradi, to„pni ushlab oladi va yana qo„lida to„p bilan 
uchta qadam bosishi mumkin. Sherigiga berishdan oldin yoki maqsadga 
tashlamasdan oldin ko„p zarbali dribling bilan gandbolchi to„pni 
barmoqlari va kaftlari bilan boshqaradi, uni oldida yoki yonidan olib 
boradi. 
To„pni otish.
Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog„liq, shular 
orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo„nalishini va 
usulini o„zgartirishdir. To„pni ko„zlagan joyga yo„naltirishda, ayniqsa, 
tezlik muhim rol o„ynaydi, uning kuchi tezligiga bog„liq. 
To„p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini 
hisobga olish zarur, to„p otayotgan qo„lning keng amplitudadagi harakati 
gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. 
Lekin o„yinda bir necha qadamdan so„ng, keng amplitudada qo„lni 
silkitib to„p otishni qo„llash anchagina mushkul. Shuning ma‟lum 
o„yinchilar va murabbiylaming ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish 
texnikasini (harakatni tezlashtirib, to„pni ilgandan so„ng darrov sakrab 
va hokazo) yaratishga qaratilgan. 
To„pning chiqarilish vaqtida bilak va qo„lning yelkasiga nisbatan 
pozitsiyasiga qarab, yuqoridan, pastdan otish farqlanadi. Orqaga 
tortilganda, o„zaro harakat har doim ham 
zamax
yo„nalishi bilan mos 


32 
kelmaydi. Misol uchun, yuqoriga va orqaga qaytgandan so„ng, o„yinchi 
qo„lini tushirishi va yon tomondan otishni o„rganishi mumkin.
To„pni darvozaga otishni amalga oshirish usuli to„pning parvoz 
yo„lini ko„ra bilishi darvozaga otishga imkon beradi. Otish paytida 
gandbolchi to„pni to„g„ridan
-
to„g„ri darvozaga yoki darvozabon 
zonasiga yuborishi mumkin. Darvozaga otish paytida to„pning yo„nalishi 
gorizontal osilgan (A), pastga (B), to„g„riga (S), yuqoriga (D). (9

Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə