O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


SHarq mutafakkirlari va g`arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o`rni haqida



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə14/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

4.SHarq mutafakkirlari va g`arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o`rni haqida. Jamiyat tomonidan o`qituvchi shaxsiga qo`yilayotgan talablar o`z davrida SHarq mutafakirlari hamda g`arb ma’rifatparvarlarining asarlarida o`z aksini topgan.
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamdaAbu Rayhon Beruniylar o`qituvchining ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk bo`lishlarigaalohidaahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlarcha, yaxshi o`qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya’ni, u o`zi ega bo`lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o`rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo`laoladi.
Abu Ali ibn Sino o`z asarlarida o`qituvchi bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvafaqiyatga erishish garovi bo`lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:

  1. bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish;

  2. berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o`zlashtirilishiga e’tiborni qaratish;

  3. ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish;

  4. talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

  5. fanga qiziqtiraolishi;

  6. berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib beraolishi;

  7. bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

  8. har bir so`zning boalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishish1.

Alisher Navoiy o`z davrining ayrim maktabdorlari ega bo`lgan sifatlar, xususan, qattiqqo`llik, ta’magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o`qituvchining ma’naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo`yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g`arazi mansab bo`lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko`rgazmasa vaolg`irlik uchun gap-so`z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo`lmasa, gerdayish uchun madrasaayvoni boshi unga o`rin bo`lmasa. ... YAramasliklardan qo`rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o`zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo`lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida vaodat bo`lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir»2.
Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: «Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashgaojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm vaadab o`rgatadi, ko`rkim bunga nimaetsin.
Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsaarziydi.
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Mashhur pedagog AbdullaAvloniy ham o`z asarlarida o`qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashgaalohida o`rin beradi. Allomaning qayd etishcha, bolaning sog`lom bo`lib o`sishidaota-onalar o`zigaxos rol o`ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o`qituvchining o`rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini ta’kidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog`liqdur»2, - deydi.
Yan Amos Komenskiy o`z davrida o`qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o`qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko`ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikrcha, pedagog o`z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o`z qadr-qimmatini to`la baholay bilishi zarur. YA.A.Komenskiy o`qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo`lishi maqsadga muvofiqligiga urg`u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o`z ishini sevuvchi, o`quvchilargaotalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg`otuvchi, o`quvchilarni o`z ortida ergashtiruvchi va diniy e’tiqod.
K.D.Ushinskiy o`qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to`g`risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g`oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o`qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə