O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə16/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Nazorat uchun savollar:

  1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosh g`oyasi nimadan iborat?

  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  4. Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.

  5. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim mazmunini izohlab bering.

  6. Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo`ladi?

  7. O`qituvchi qanday sifatlarga ega bo`lishi zarur?

  8. Sizning nazaringizda bugungi kun o`qituvchisiga qanday pedagogik talablar qo`yilmoqda?


3-Mavzu: Shaxs kamoloti ijtimoiy-biologik hodisa, pedagogik jarayon obyekti va subyekti sifatida.
Reja:
1.SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik
2.SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar
3. SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o`rni.
4. Rivojlanishning yosh va o`zigaxos xususiyatlari.
5. Shaxsning ijtimoyilashuvi.
Tayanch tushunchalarIndivid-Individ
Individual yondashuv-individual approach
Shaxs-Person
rivojlanishi-Growth
tushuncha-Concept
individuallik-individuality
tarbiya-education
ta’sir etuvchi omil-the factors of affecting
rivojlanish-Growth
faoliyat-function
yosh xususiyat-featureist
Adabiyotlar:
1. To`xtaxadjaeva M. Pedagogika. - T.: O`zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.44-54b.
2.Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.88-89-131-134-138b.


1.SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik.SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo`lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari vaxatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo`lgan jamiyatning a’zosini ifodalashgaxizmat qiladi. Odam shaxs bo`lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o`zini yaxlit inson sifatida his etishi, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog`i kerak.
Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so`zidan olingan bo`lib, «bo`linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil etaoluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o`zigaxos xususiyatlari bo`lib, uning namoyon bo`lishi tarbiya jarayonini amalgaoshirishda bola shaxsini puxta o`rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajadaxabardor bo`lish va ularning hisobgaolinishini taqozo etadi.Individual yondashuv o`quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo`lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti vaob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalgaoshiruvchi sifatida ta’riflanadi.Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo`lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalgaoshirilishi har bir fušaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo`nalishi bo`ycha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatidashaxsgaaylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo`ladi. Ana shular ta’siridaodam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsgaaylanadi.Rivojlanishning o`zi nima?Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o`sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o`zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o`tish, yangilanish, yangining paydo bo`lishi, eskining yo`qolib borishi, miqdor o`zgarishining sifat o`zgarishiga o`tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o`rtasidagi kurashdan iboratdir.Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiymavjudotdir degan falsafiy ta’limotgaasoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishigabiologik vaijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi.CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida o`zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolgaetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo`lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o`zigamunosib o`rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.SHaxsning fazilatlarini to`g`ri ko`rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to`g`ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobgaolish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish vatarbiya o`rtasida ikki tomonlamaaloqa mavjud.
2.Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishigabiologik vaijtimoiyomillarning ta’siri o`rtasidagi munosabatni belgilashgaoid munozara ko`pdan buyon davom etmoqda.Insonning shaxs sifatida, rivojlanishidaijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo`ladimi? YOki tabiiy omillaretakchi o`rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o`rtasidagi o`zaro munosabat qanday?
Fandabiologik yo`nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o`rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologikomillarni yuqori qo`yadi. Ular tug`maimkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o`rnini belgilab bergan, deydilar.XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizmoqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit vatarbiyaning rolini inkor etadi.Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo`lib, uning namoyandalari, ong vaaqliy qobiliyat nasldan-naslga o`tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.Progmatizmoqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardaasoslaydilar. Ular rivojlanishni fašat miqdoriy o`zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdiridahal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog`laydilar.Biologik oqimga qarshi falsafiyoqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy,psixikrivojlanishi u yashaydigan muhitga bog`liq deb ko`rsatadilar.Muhit degandaodam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o`zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo`lib kamolgaetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalgaoshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg`or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog`liq, deb hisoblaydilar.Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolgaetadi. Inson sharoitni, sharoit esaodamni yaratadi. Bu esa o`z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishi yoki yo`q qilishi mumkin.Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo`lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo`lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g`oyani ifodalaydi.Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o`rtasida ham uzviy aloqa mavjud.SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o`rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro`y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo`l bilan hayoti va o`z tabiatini o`zgartiradi.SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimiorqali amalgaoshiriladi. YA’ni, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit beraolmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog`liq ko`nikma va malakalar hosil bo`ladi.Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug`ma kamchiliklar ham o`zgartirilib, shaxs kamolgaetadi.Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo`qotish mumkin.To`rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o`ringa ega bo`lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə