O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Rivojlanishning yosh va o`zigaxos xususiyatlari



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə18/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

4.Rivojlanishning yosh va o`zigaxos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davrigaxos bo`lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobgaolgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo`ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to`g`ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o`qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlarigaxos xususiyatlarni bilish va uni hisobgaolish muhimdir. CHunki bolaorginizmining o`sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlcha bo`ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, AbdullaAvloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o`tganlar.Bolaning o`zigaxos xususiyatini hisobgaolish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlcha bo`lishi mumkin.Masalan, ko`rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg`ayrat yoki g`ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig`inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo`lib, o`qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.Bolaning individual – o`zigaxos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o`zigaxos xususiyatini o`rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.SHuningdek, turli yosh davrlarining o`zigaxos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o`quvchilari bilan 10-sinf o`quvchisini tenglashtirib bo`lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo`linadi:

  1. Go`daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo`lgan davr.

  2. Bog`chagacha bo`lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.

  3. Maktabgacha bo`lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.

  4. Kchik maktab yoshidagi o`quvchilar ( bolalar )–7 yoshdan 11,12 yoshgacha.

  5. O`rta maktab yoshidagi o`quvchilar (o`smirlar) 14-15 yosh.

  6. Katta yoshdagi maktab o`quvchilari (o`spirinlar) – 16-18 yosh.

Kchik maktab yoshida o`yin faoliyatining o`rnini endi o`qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o`tish davri bo`lib, bolaning bo`yi, og`irligi jihatdan uning tashqi ko`rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o`sishi tufayli serharakat bo`ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.Jismoniy o`sishigaxos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o`rganishga qiziquvchan bo`ladi.Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o`quvchilariga emosionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo`ladi, his-tuyg`ulari mazmuni o`zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.O`rta maktab yoshi (o`smirlik 12-15 yosh). O`smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologikxususiyatdagi kuchli o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Bolaning o`sishi tezlashadi. Bu davrni o`tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O`smir hayotida mehnat, o`yin, sport va jamoat ishlari katta rol o`ynaydi. Ba’zilarining o`zlashtirishi pasayadi, intizomi bo`shashadi.
Hozirgi davr o`smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko`zga tashlanadi:

  1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to`garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o`tkazish kattaahamiyatga ega. Ularning kitob o`qishga qiziqishi ortadi.

  2. O`z-o`zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o`zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.

Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o`smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo`ladi. Bu o`smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o`smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o`smir hech qaysi o`quv fanlarini o`qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o`quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o`quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kchik yoshdagi o`smirlar qiziqishi o`qituviga bog`liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o`qishlari ham barqaror emas.
Turli to`garaklarga 21 foiz o`smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug`ullanadi. 40 foiz o`quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo`q.Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o`smir tomosha qiladi.Ular oddiy kunni o`z ixtiyorlari bilan qanday o`tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o`tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o`smir vaqtini o`z holcha o`tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko`radi, 50 foizi sport bilan shug`ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon bahoolmaslik uchun maktabga boradigan o`smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.O`smirlardabiror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to`liq bo`ladi.Bu yoshda o`smirlar kattalar oldida o`zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O`z-o`zini tarbiyalashga bo`lgan talab o`sadi. “Dangasa”, “qo`pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og`rinib qabul qiladilar.O`smir yoshida, o`g`il va qiz bolalar o`rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish lozim.O`z-o`zini tarbiyalash natijasida o`g`il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o`ta ko`nikuvchan, kamtar va jiddiy bo`la boshlaydilar.SHuning uchun o`smirga o`z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o`smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo`la boshlaydi. Muhimi, o`smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo`lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, lisey o`quvchilari (o`spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o`spirinlarning ilk balog`atgaetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O`spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg`ularida ham o`zgarish yuz beradi. O`z-o`zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o`rtasida munozaralar o`tkazish yaxshi natija beradi. O`spirinlar o`z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o`spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Ularda o`quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O`spirinlik bu ašliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o`z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o`qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g`o`r fikrlari va dunyoqarashlarini to`g`ri yo`naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o`z-o`zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o`zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo`ladi. O`zini kattalardek his etish, o`zigaxosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o`ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o`z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o`z qiziqishlari bilan o`lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg`araz, to`g`ri yo`nalish berishlari o`ta muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri kattaahamiyatga ega. CHunki o`spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo`lib, ularning bu hayotga to`g`ri qadam qo`yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo`lishining muhim shartidir.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə