O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə26/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

5.Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqchida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko`rsatmalar to`plami bo`lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo`llaniladi. Bugungi kunda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:

  1. An’anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Rasionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaqtda ta’lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. qadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson hayotining mazmuni sifatida tushuniladi.
2. Faoliyatli yondashuvasosan madaniyat moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratishga yo`naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo`ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi.
Har bir paradigma muayyan ta’limiy muammolarni hal etishga yo`naltiriladi. Xususan:
- ijtimoiy institut sifatida o`quv muassasalarining vazifalari;
- ta’limning samarali tizimi;
- o`quv yurtlari oldida turgan eng muhim, ustuvor masala;
- ta’limning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlari;
- muayyan bilim, ko`nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an’anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar)
Unga ko`ra ta’limning asosiy maqsadi - “Bilim, qanchalik qiyin bo`lmasin bilim olish”. An’anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko`nikma va malakalar, ilg`or g`oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlargaetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodgaetkazish.
2. Rasionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Rasionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o`quvchilar tomonidan turli bilimlarni o`zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning rasionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizchabehavior - xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.Maktabning maqsadi – o`quvchilarda g`arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va ko`zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi “xulqiy repertuar”ni shakllantirishdir. SHu bilan bir vaqtda, “xulqi” atamasi bilan “insongaxos hamma ta’sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va harakatlari” ifodalanadi (R.Tayler).Bunda ta’limning asosiy metodlari, o`rgatish, trening, test sinovlari, individual ta’lim, tuzatishlari bo`lib qoladi. Buning oqibatida, ta’limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o`quvchilar faqat o`zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o`qishlari mumkin deb hisoblaydi. O`quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o`quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fircha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo`lgan cheklashlar olib tashlanganda o`quv kursining butun muzmunini o`zlashtirib olishga qodirlar. Ana shu nuqtai nazardan o`quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o`zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi, uning mohiyati quyidagchadir:

  1. Butun sinf yoki kurs uchun to`la o`zlashtirish etaloni, mezonnini aniq belgilab olish asosida, o`qituvchi ta’lim yakunida erishilishi kerak bo`lgan aniq natijalarning ro`yxati va unga muvofiq keluvchi testlarni tuzadi.

  2. O`quv birliklari, ya’ni, o`quv materiallarining yaxlit bo`limlari ko`rsatiladi, ularni o`zlashtirish natijalari aniqlanadi, yakuniy bahoga ta’sir ko`rsatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat.

  3. To`la o`zlashtirishga yo`naltirilgan har bir o`quv kurs materiallarini o`zlashtirish darajasini baholash uchun test sinovlarini o`tkazish. Bu o`rinda har bir o`quvchiga baho va ta’lim maqsadlarining ahamiyatini tushuntirish muhim.

Predmetlarni bo`sh va o`rtacha o`zlashtiruvchi o`quvchilarning qobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AqSH va boshqalar) ta’lim tizimlari tajribasi rasionalistik (bixevioristik) paradigma g`oyalariga muvofiq ish ko`rilganda 70 % o`quvchilar yuqori natijalarni qayd etganliklarini ko`rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo`nalishlari o`zida insonparvarlik g`oyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyoqarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muhim o`rin tutishini nazarda tutmaydi.
3.Gumanistik (fenomenologik) paradigmagako`ra(A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vo`godskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o`zigaxos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo`naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o`quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobgaolib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo`lishni ko`zda tutadi. Uning vakillari o`quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o`quvchi hamda o`qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g`oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o`quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida qo`yidagi g`oyalargaamal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o`rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo`lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» chki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo`ljallangan insonning dunyo bilan o`zaroaloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o`zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo`lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o`quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. SHu bilan birga, o`qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o`quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo`naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaningasosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o`zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o`rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHaxs muayyan (o`rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo`lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g`oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So`nggi yillardanoinstitusional paradigmarivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab vaoliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g`oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” – kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o`qitish) muvofiq o`qitish samarali deya hisoblaydi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə