O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim jarayonida o`quvchilarning faoliyati



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə29/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

2.Ta’lim jarayonida o`quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o`zigaxos ko`rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajribaasosidaxulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv,ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag`batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O`qishning keyingi komponenti o`quv harakatlari (operasiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalgaoshiradi. O`quv harakatlari o`quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqchlarida namoyon bo`ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va chki (kuzatilmaydigan) ko`rinishda bo`lishi mumkin. Tashqi o`quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o`tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.Chki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.Har qanday bilimni o`zlashtirishda o`quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo`lish va o`quv materialini anglab etish talab etadi. Pedagogik jarayonda o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir. O`quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to`la tushungan holda o`zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o`zini o`zi nazorat qilishning mohiyati vaahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O`zini o`zi nazorat qilishda o`quvchilar ular qo`llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o`z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o`quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o`quvchi tomonidan o`zini nazorat qilish, o`zini baholash va o`zini analiz qilish amalgaoshirish o`qituvchining shunga o`xshash o`rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o`quvchilarni o`z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o`zaro nazoratni tashkil etish, o`rnatilgan mezonlar asosida o`z faoliyati natijalarini o`zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə