O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə37/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Ta’lim turlari va ko`rinishlari.Evropa va SHarq, Osiyo vaAmerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi turi mifologik ta’lim bo`lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo`shiqlar shaklida o`rganilgan.
Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo`lgan. Uning mohiyatiga ko`ra ta’limda matn madaniyati vaer, osmon haqidagi bilimlar so`z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o`rgatilgan.
Ta’limning uchinchi tarixiy turi - ma’rifatparvarlik bo`lib, u dunyoviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XXasrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko`rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
Bugungi kundaasoslariga ko`rata’limning quyidagi turlari, ko`rinishlari mavjud:

  • ilmiy bilimlarni o`zlashtirishi turi va sifatiga ko`ra (biologik, matematik, fizik, iqtisodiy, filologik ta’lim va shu kabi);

  • ustuvor mazmunga ko`ra (nazariy vaamaliy, gumanitar va boshqalar);

  • ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko`ra (musiqiy, badiiy, texnik, texnologik, pedagogik-tibbiy ta’lim va shu kabilar);

  • madaniy qadriyatlarni o`zlashtirishiga ko`ra (an’naviy ta’lim, badiiy-estetik, diniy ta’lim va boshqalar);

  • kishilik jamiyatining madaniy qadriyatlarni o`zlashtirish ko`lamiga ko`ra (milliy, evropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar);

  • ta’lim tizimi turiga ko`ra (universitet, akademik, gimnaziya, lisey ta’limi va boshqalar);

  • ta’lim mazmuni yo`nalishining ustuvorligiga ko`ra (formal va moddiy, ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar, oliy va boshqalar);

  • ta’lim darajasiga ko`ra (boshlang`ch, to`liqsiz o`rta, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim.


Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə