O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə45/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Qayd etib o`tilganidek, ta’lim metodlari tizimidaog`zaki bayon qilish metodlari muhim o`rin tutadi.


Og`zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o`quvchilarning umumiy
madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog`liqdir. SHuningdek, og`zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish vaxorijiy tillarni o`rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya– o`qituvchi tomonidan mavzugaoid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo`lib, tasviriy vositalar yordamidaobrazli tasvirlash yo`li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko`p jihatdan o`qituvchining nuqt mahorati, so`zlarni o`z o`rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o`quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatgaolgan holda yondashuviga bog`liq. SHu bois hikoya mazmuni o`quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishgaxizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus rejaasosidaamalgaoshiriladi. O`qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalargaalohida urg`u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya hisha (5-10 daqiqa), shu bilan birga o`quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg`otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro`y berishi mumkin.
Suhbat– savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo`lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o`z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko`p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammoasosiysi o`quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o`qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqchma-bosqch egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatni endigina boshlagan o`qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko`p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o`quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O`qituvchi oddiy savollar berishi, o`quvchilarga ular yuzasidan batafsil o`ylash uchun vaqt ajratishi, o`quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o`rinlarda ularni sharhlashi lozim. SHu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo`l bilan amalgaoshadi. Deduktiv suhbat o`quvchilargaoldindan ma’lum bo`lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o`quvchilar tahlil yordamidaxususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklidaalohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.Suhbat ko`proq o`quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o`zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko`rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o`quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko`zlangan maqsad hal etilishi zarur bo`lgan ishlar mohiyatining o`quvchilar tomonidan anglab etilganligini tekshirib ko`rishdan iborat. Bunday suhbatlar o`quvchilarning o`quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni o`zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
YAkuniy suhbat o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadidaamalgaoshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o`quvchilarning boshlang`ch bilim darajasi hamda ularning yangi o`quv metodikasini o`zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o`qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o`rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so`nggida qo`llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo`naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo`q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o`quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.Demak, evristik suhbat jarayonida o`quvchilar bilimlarni o`zlarining tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o`zlashtiraolsinlar.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə