O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə46/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Tushuntirisho`quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo`llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o`rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o`quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko`zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko`p hollarda o`qituvchining ko`rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog`liq bo`ladi.
Ma’ruza– yirik hajmdagi o`quv materialini og`zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o`zigaxos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko`pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog`lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. SHu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo`llaniladi. CHunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o`quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o`rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari1 quyidagilardan iborat:

  • o`qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;

  • rejadan o`quvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

  • rejadaaks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etilishi;

  • rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashmaasosidaxulosalanishi;

  • ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o`tishda ular o`rtasidagi mantiqiy aloqalarning o`rnatilishini ta’minlash;

  • bayon qilishning muammoli va emosional xususiyat kasb etishi;

  • jonli til, o`z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;

  • auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o`quvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;

  • ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;

  • ma’ruzaning asosiy qismlarini o`quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;

  • zarur (yozib olinadigan) o`rinlarni oldindan ajratib qo`yish;

  • o`rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko`rgazmalar (namoyish, illyustrasiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;

  • alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy mashg`ulotlar bilan uyg`unlashtirish.

Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashdako`rgazmali metodlarham alohidaahamiyatga ega.


Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko`rsatmalilik tamoyiligaamal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko`rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko`rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo`nalishdaolib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo`ladiki, shaxs tomonidan o`zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko`rish reseptorlari yordamida o`zlashtiriladi. Demak, o`zbek xalqi tomonidan ko`p bora qo`llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.


Namoyish metodi o`rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo`l keladi vaayni chog`da predmetning tashqi ko`rinishi va chki tuzilishi haqida to`laqonli ma’lumot berishda keng qo`llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishdaodatda uning tashqi ko`rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o`zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so`ngra chki tuzilishi yoki alohidaxususiyatlarini o`rganishga o`tiladi. Ko`rsatish ko`p holatlarda o`rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o`qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko`rsatib berishi hisobigaamalgaoshadi, bunda ushbu tajribaasosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko`proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalgaoshirish har doim ham mumkin bo`lavermaydi. SHu bois o`qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog`ida, turli o`simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.Bu metod yordamida o`qituvchi o`quvchilarni mustaqil ravishdaob’ektlarni o`rganish, zaruriy o`lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o`rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so`z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo`naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko`p jihatdan o`qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o`quvchilarning yoshiga mos holda to`g`ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo`naltirishiga bog`liqdir.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə