O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


-83.TUSHUNCHA KASHF QILMOQ: YUNON BO‘YLAB



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə44/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

82-83.TUSHUNCHA KASHF QILMOQ: YUNON BO‘YLAB.
1.Yunoncha metod va usullarning tavsifi.
2.Yunoncha so`zlar mazmuni ifodasi
Mashur mutaffakir Suqrot so`z ustasi sifatida mashhurdir. Tinglovchilar, talabalarga mutaffakir olim ma’ruzasini maroqli o`qib o`z tinglovchilarini ma’ruzasini tushunganlik darajasini aniqlash maqsadida puxta va ko`p mantiqli savollar berib mushohada qilar edi.
Buyuk mutaffakir rahbarligida ko`p bilim sirlarini o`z shogirdlarini ta’lim usullarini o`zlashtirish borasida izlanishlar olib borib o`quvchilari hurmatini qozondi.
Suqrotning ma’nolarni anglash borasida Muhoka – usulidan ko`proq foydalanadi. Suqrotning so`rov usulidan maqsadi, o`quvchilarni ko`proq fikrlashga o`rgatadi, tushunishga undaydi, o`quvchi tushunib yetishi uchun oddiy yo`llarini tanlaydi. Savollarni teran tuzadi. Talabalardan kutilgan natija olaolmasa u bilimlar qayta oddiy usullarda o`tilib o`zlashtirilardi. Kutiladigan natijaga qarab, o`qituvchi o`quvchini tushungunigacha savollar tayyorlana veradi. Suqrotning bu metodi talabalarni fikrlash va tafakkurini oshirishga qaratilgan. Bu metodlarvaqt sinovidan o`tgan samara beruvchi usullardandir. Suqrotning savollarni tuzish usuli o`quvchilarni bilim olishlariga samarali hisoblanadi, lekin bu usul ko`pincha yangi tushunchalarni o`zlashtirishga qaratilgan Soptent usuliga asoslangan. Falsafa sinfida shaxsiy tajriba sifatida bulishi ham mumkin. Tarix sinfida esa anglash mumkin ma’lum bir voqeani fan qilish maqsadida ham bo`lishi mumkin.
Suqrotning bu usullari shakli mazmuniga ko`ra so`rov strategiyasidan foydalanish oldin bo`lishi ham mumkin.
Suqrotning bu usulidan auditoriyada talabalarni faoliyati bilan bog’lab kundalik mushohada yuritishda ham foydalanish mumkin.
Masalan: Matematika fani o`qituvchisi oxirgi tushunchani yechish jarayonida to`g’ri javob berishadi. Talabalar matematik masalalarni yechishda savol so`rsalar, ularga to`g’ri javob berish o`qituvchining funksiyasiga kiradi. Matematika o`qituvchisining bunday yondashuvi talabalarning bilim darajasini aniqlashga va ularning sekin asta yangi tushunchalarni tushunib olishga undaydi. Bunda o`qituvchi o`quvchisini qayerda bilimi sayozligini bilishga yordam beradi va muhim savollarni berish orqali, o`z o`quvchilarini fandagi bilimlariga moslashtirib borishga yordam beradi. O`quvchi o`z tengqurlaridan orqada qolda u o`quvchi bilan individual shug’ullanishi unga oddiy usullar bilan tushuntirishi qoloq o`quvchining mustaqil fikrlash orqali bilimga undaydi.
Suqrotning usullari rangbarangligi bilan ajralib turadi, bir biri bilan farqli ravishda ajralib turadi. Bu esa talabaning faoliyati davomida savol bersa uning savoliga savol orqali javob beriladi. Javobga yaqin savol berib talabani tushunchasini orttiriladi. Oldin o`rgatilgan bilimlarga hayot tajribasidan kelib chiqib tushunchalarga urg’u beriladi va shunga asoslanib talaba javobni o`zi yechishga erishadi.
Suqrotning seminar darslarida guruhda “Baliq ko`zasi” usuliga qatnashuvchi talabalar o`qituvchi tomonidan o`rtaga tashlangan savol bo`yicha o`zaro g’oyalar, muzaokaralar va tortishuvlar olib borishadi. Suqrotning bu seminar darsida 4-5 talaba o`rtaga o`tiradi, qolgan talabalar ularni aylana shaklida o`rab turushadi.
Hech kim o`tirmagan qo`shimcha joy o`rtada bo`sh bo`lishi kerak. Markazdagi o`rindiqlardagi talabalar o`qituvchi berga Suqrot savollariga o`quvchilar chalkashib ketmasligi uchun o`qituvchi talabalarni muzokaralarga to`g’ri yo`nalish berib turadi.
Suqrotning bu seminar usulida faqat markazdagi talaba gapirishga haqli, qolgan o`rab turgan talabalar muzokarani qayd qilib borishadi. Agar talaba izox bersa yoki muzokarani davom ettirmoqchi bo`lsa u markazdagi bo`sh o`rini egallashi kerak bo`ladi va o`z fikrini bildiradi.
NunThing muhokamalari o‘qituvchi rahbarligi loyihasi tomonidan rivojlantirildi va mulohaza vositasi sifatida ularning kundalik texnika seminarlari xulosasida foydalaniladi. NunThing deb nomlangan faoliya tayollar monastirida tashkil etildi, bu muhokama hajmi o‘qish va o‘rganishni so‘rashning juda kuchli vositasi bo‘lishi mumkin. NunThing Sokratik Seminardek ishlaydi, ammo qatnashuvchilar doirasi bittasi ochiq holda yangi o‘rinlar 3ta gacha cheklangan. YAna, faqat ulargina markazda ishtirok etishi mumkin.
NunThing bilan, ammo, nosokratik uslubdagi savollar muhokama tayyorlashda ishlatiladi. Talabalar o‘zlari xohlagan mavzu yoki masalani tanlashda erkindirlar.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo`lish mumkin. Mazkur o`rinda ularning ayrimlarini keltirami


Shuningdek, ta’lim metodlarining o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to`g`risidagi fikrlar ham mavjud.


«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida, muayyan yo`nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo`ladi. Mazkur loyihaamaliyotga o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining o`zaro tutashuvi, o`qitish va o`qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo`lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o`zida, umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
1.Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to`laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo`lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlcha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o`zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo`llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishgaxizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o`zlashtirish yo`llari ifoda etiladi, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo`lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o`qish faoliyatini amalgaoshirish sharti hisoblanadi.Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o`qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o`zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagcha namoyon bo`ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko`ra)


Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.


Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o`qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o`qituvchi va o`quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayondaaniq maqsadga yo`naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqaaynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashgaxizmat qiladi.

Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:




Bu funksiyalar ta’lim metodini qo`llash jarayonida, bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o`zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o`qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko`p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo`llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog`ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o`qituvchi faoliyatida tez-tez qo`llaniladigan usullarni ajratib ko`rsatish mumkin:


Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo`lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosidaaniqlanadi:



  • didaktik maqsad asosida;

  • ta’lim mazmuni asosida;

  • o`quvchilarning o`quv ko`nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;

  • o`qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.

O`qituvchi tomonidan qo`llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang`ch sinflardan yuqori sinflarga o`tish asosida o`zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayondaayrim metodlarni qo`llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo`llashga bo`lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko`lami, holati o`qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog`liq holda o`zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo`layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo`ycha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o`nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlaso`y fikrini quyidagcha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kundaetakchi sanaluvchi didaktik g`oya yagona va o`zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O`qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo`shqin bo`lishi, metodlarni qo`llash amaliyotidagi doimiy o`zgarishlarni hisobgaolishi kerak»1.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko`p bo`lsada, bu borada yagona to`xtamgan kelinmagan. Ushbu o`rinda, ta’lim amaliyotida qo`llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to`xtalib o`tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo`ycha tizimlashtiriladi2.

Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo`ycha qo`llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:


1.Materialni og`zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirish o`qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o`ylash evazigaamalgaoshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o`qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o`rinda o`qituvchining o`quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo`yish, rejani e’lon qilish, o`quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo`ladi.
2.Suhbat. O`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolgaoid ob’ektlarni o`zaro taqqoslash, puxta o`ylash va savollarga to`g`ri javob tayyorlashdan iborat.O`qituvchining rahbarligi: mavzuni qo`yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to`ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo`ladi.Suhbat metodi yordamida bilimlarni o`zlashtirishda o`quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
3.Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma vaxulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashgaxizmat qiladi).Bilimlarni o`zlashtirish manbai bo`lib bosma matn xizmai qiladi. O`qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o`quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o`rgatish, o`zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko`rinishlardaaks etadi.
4.O`qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda).O`quvchilarning o`quv predmetlari bo`ycha o`zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o`qituvchilarining ko`rsatmalari bo`ycha ularni qismlarga taqsimlab har bir o`quvchining o`zigaxos, o`xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo`naltiriladi.Bilimlarni o`zlashtirish manbai bo`lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O`qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlargaajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
5.Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayondaaniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O`quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O`qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o`quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqchlarni kuzatish yo`llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o`rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirish jarayonining o`zigaxosligi, nazariy asoslar o`zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o`xshash harakatlarning ko`p bora takrorlanishi kuzatiladi.Bilimlar manbai: o`zlashtirilgan bilimlar vaxususiy tajriba sanaladi.
O`qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqchlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o`zigaxos xususiyatga ega bo`lib, o`zigaxoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo`llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.Bilimlar manbai va materiali sifatidaavval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o`qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.O`qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o`zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko`rsatish hamda to`g`rilashdan kabi holatlarda namoyon bo`ladi1.Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo`ycha tizimlashtirilgan metodlar – og`zaki, ko`rgazmali vaamaliy metodlarni u yoki bu darajada o`zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Esipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to`g`ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq SHo`ro umumta’lim maktablarining o`quv jarayonida metodlarning cheksiz ko`pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o`quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to`g`ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g`oya» mohiyat jihatidan noto`g`ri bo`lishiga qaramay, o`n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o`rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo`ycha ham, didaktik maqsadlar bo`ychaaniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal etaolmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo`llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab etildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O`tgan asrning 80-yillaridan boshlab o`quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.

Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlarcha, bir-biridan o`quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o`zlashtirishdaamalgaoshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o`quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o`qituvchi holati ... bo`ycha farqlanadi1.Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o`quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo`lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko`rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O`qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o`quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo`ladi.Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayonlarida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:

O`qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O`quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • tushuntirish;

  • ќarakatni ko`rsatish;

  • dalillardan xabardor qilish;

  • o`quvchining materialni anglab etishini rag`batlantirishga yo`naltiruvchi usullar;

  • turli didaktik materiallardan foydalanish

  • axborotlarni qabul qilish;

  • o`quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash;

  • o`quv materialini tushunish

Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o`qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o`quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O`zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo`lishiga ularni ko`a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqchlari, asosan, boshlang`ch sinflarda o`qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalgaoshirish ko`nikmalarini o`zlashtirishda muhim o`rin tutadi.Reproduktiv metoddan foydalanishda o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:



O`qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O`quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • avval o`zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo`ycha so`rov;

  • o`quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;

  • masalalarni echishdagi o`quv harakatlarining namunasi vaalgoritmini namoyish qilish;

-o`quv harakatlari ko`nikmasi va malakasini shakllantirish

  • turli konteksda bilimlarni qayta ishlash;

  • namuna bo`ycha topshiriqlarni bajarish;

  • mashqlarni bajarish;

  • namunaviy masalalarni echish usullarini egallash;

  • namunaviy masalalarni echish algortmini egallash

Evristik ta’lim metodini qo`llashda o`qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O`qituvchi bilimlarning bir qismini o`quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o`quvchilar bilish topshiriqlarini echish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o`zlashtiradi, o`zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O`qituvchi tomonidan qo`yilgan masalani bir necha qarashlargaajratilishi, ularni bajarishda o`quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.


Evristik metodni qo`llashda o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalgaoshiriladi:



O`qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O`quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o`quvchilarni masalaning mohiyatini o`rganishga jalb etish;

  • echim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko`rsatish;

  • masalani bosqchlargaajratish;

-evristik suhbat

  • evristik suhbatda qatnashish;

  • masalani echish rejasini olg`a surish;

  • izlanuvchan harakat usullarini egallash;

  • masalalar echish yo`llarini izlab topish


Muammoli metodning mohiyati mashg`ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish vaechishdan iborat bo`lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo`li balki, shu bilan birga o`quv yo`li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:



Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. CHizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko`rinishi hisoblanib, o`zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib etilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko`nikmalarini o`zlashtirishni taqozo etadi. Agar o`quvchida qiyinchiliklarni yo`qotish yo`llarini izlab topish uchun boshlang`ch ma’lumotlar bo`lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat echimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning echimi uning ongidaaks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib etilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko`nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammogaaylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o`zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammogaaylanavermaydi.Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammoechimini topishga yordam beruvchi yo`nalishlar ko`rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalagaxosdir. Muammodaechimning qandaydir parametrlari ko`rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo`laolmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo`lsa, uni muammoli masalagaaylantiradi, ya’ni, uning echimi uchun o`zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko`rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko`rsatkchlarni qidiradi va shu muammo bo`ycha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo`llashda o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalgaoshiriladi:





O`qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O`quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o`quv materialigaoid tafovutlarni taklif etilishi;

  • muammoli vaziyatlarni tuzish;

  • muammoning mavjudligini aniqlab berish;

- muammoli topshiriqlarni loyihalash

  • o`quv materiali mohiyatining anglab etilishi;

  • muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash;

  • mavjud bilimlar va tajribani qayta tiklash;

  • muammoli masalaga o`tkazish;

  • topshiriqni bajarish


Tadqiqotchilik o`qitish metodini qo`llashda, o`qituvchi o`quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo`lgan masalani aniqlab oladi, o`quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o`zlashtirib oladilar va uning echimi bo`ycha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O`rnatilgan masalani echish davomida o`quvchilar ilmiy bilish metodlarini o`zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko`nikmasi, tajribasini egallaydilar.Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o`qitish metodini qo`llashda o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalgaoshiriladi:

O`qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O`quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o`quvchilarga o`quv muammosini taklif etish;

  • o`quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o`rnatish;

o`quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish

  • o`quv muammolari mohiyatini anglab olish;

  • tadqiqot muammosini o`qituvchi va o`quvchilar bilan birgalikda o`rnatishda faollik ko`rsatish;

  • ularni echish usullarini topish;

  • tadqiqiy masalalarni echish usullarini o`zlashtirish

Evristik va tadqiqotchilik metodlari o`quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil etaolish ko`nikma va malakalariga ega bo`lishni taqozo etadi. Buning natijasida o`quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o`zlashtiraoladilar. Ular odatda yuqori sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajalarini hisobgaolgan holda ma’lum holatlarda qo`llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang`ch sinflarda foydalanish amaliyotchi-o`qituvchilarning fikrlariga ko`ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo`naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo`naltirilgan ijtimoiy harakat amalgaoshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo`nalishdagi loyihalarni tayyorlash o`zigaxos dolzarb ahamiyatga ega bo`lib bormoqda.SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot1 ham amalgaoshirilgan. Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko`pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo`lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. CHunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o`qish metodlari ajratiladi:

SHunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi:



Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o`lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, o`quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o`quv-bilishning mantiqiy yo`li yaxlit tarzda chog`ishtiriladi.


S.G.SHopavalenko ta’lim metodlari tasnifini to`rt belgi asosidaasoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:

  1. mantiqiy-mazmunli;

  2. manbali;

  3. mazmunli;

  4. tashkiliy boshqaruvchi.

I.P.Podlaso`y birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta’lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg`unlashtirishgaalohida urg`u beradi»1 va quyidagi metodlarni ko`rsatadi:



Monologik metodlar

Hamkorlik shakllari

Diologik metodlar

Ma’ruza

Individual

Suhbatlar

Hikoya

Guruhli

Intervyu

Namoyish

Frontal


-

-

Jamoaviy

-

Ta’lim metodlari turli shakllar hamdaxilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi. Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko`rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mushg`ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o`quv konferensiyasi va boshqalar. Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamdaaxborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televidenie, kompyuter, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketalar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.


N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi2. Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o`zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:

  1. motivasion bosqch;

  2. o`quv faoliyati;

  3. boshqaruv.

Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhgaajratish mumkin:
I. O`qish va mehnatga rag`batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
II. O`quv-bilish faoliyatini tashkil etish vaamalgaoshirish metodlari.
III. O`quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O`z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kchik guruhlargaajratiladi:


I. O`qish va mehnatga rag`batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari

I kchik guruh

II kchik guruh

III kchik guruh

O`qishga qiziqishni rag`batlantiruvchi metodlar

O`qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag`batlantiruvchi metodlar

Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag`batlantiruvchi metodlar

  • biluv o`yinlari;

  • o`quv bahsi;

  • hissiy-axloqiy kechinmali vaziyatlar yaratish;

  • appersepsiyali (idrokning tajribaga bog`liqligi) vaziyatlarni yaratish;

  • biluv yangiliklari vaziyatlarini yaratish

  • o`qish va mehnatning muhimligiga ishontirish;

  • talablarni ifodalash;

  • talablarni bajarish uchun mashq;

  • o`qishdagi rag`bat;

  • o`qishdagi kamchilik uchun tanbeh

  • g`oliblarni ma’naviy va moddiy rag`batlantirish;

  • o`quvchilarning ishlab chiqarish vositalarini mustaqil boshqarishga intilishlarini rag`batlantirish;

  • ish joyidagi xulqini rag`batlantirish



II. O`quv-bilish faoliyatini tashkil etish vaamalgaoshirish metodlari

I kchik guruh

II kchik guruh

III kchik guruh

O`quv-bilish faoliyatining mo`ljal asoslarini vujudga keltirish metodlari

O`quv-bilish faoliyatini bajarish metodlari

Mehnatda va mehnatda nazorat va o`z-o`zini nazorat metodlari

Og`zaki:

  • hikoya;

  • suhbat;

  • tushuntirish;

  • ma’ruza;

  • yo`riqnoma

Amaliy:

  • mashq;

  • o`quv-ishlab chiqarish tajribasi;

  • o`quv-unumli mehnat;

  • kitob bilan ishlash;

  • yozma ish

Og`zaki:

  • individual so`rov;

  • yalpi so`rov;

  • dasturli og`zaki so`rov

Ko`rsatmali:

  • illyustrasiya;

  • namoyish

Izlanuvchi:

  • qisman-izlanuvchi

  • tadqiqotchilik;

  • algoritmlik;

  • tashxisli

YOzma:

  • nazorat-yozma ish;

  • yozma sinov (test);

  • yozma imtihon;

  • dasturli yozma sinov (test);

  • laborotoriya-amaliy;

  • nazorat laborotoriya ishi;

  • mashinali nazorat;

  • unumli mehnatni son va sifat jihatdan baholash



III. O`quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari

Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:

  • bevosita;

  • bilvosita yo`riqnoma yordamida;

  • o`z-o`zini nazorat

Nazorat metodlari:

  • o`qituvchi topshiradi;

  • dasturli qo`llanmadan foydalaniladi;

  • ta’limning texnik vositalari yordamida

O`quv faoliyatini tuzatish (korreksiya) metodlari:

  • tezkor;

  • yakuniy natija bo`ycha;

  • foiz ko`rsatkchi bo`ycha




SHunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o`quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashdaakademik YU.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o`xshash. Biroq, YU.K.Babanskiy tasnifiga ko`ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko`ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:

  1. tashkiliy;

  2. rag`batlantiruvchi;

  3. nazorat.

Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagcha guruhlanadi:

  1. O`quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.

  2. O`quv-bilish faoliyatini rag`batlantirish va motivlash metodlari.

  3. Nazorat va o`z-o`zini nazorat metodlari.

Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko`rilgan o`qish metodlarining tasnifi kchik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o`quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi1.


Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə