O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə42/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko`zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o`rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

  1. turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;

  2. O`zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasidaxalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobgaolinishi.

Davlat ta’lim standarti:

  1. ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo`lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

  2. o`quv fani bo`ycha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

  3. ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablarni belgilaydi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o`quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o`quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O`quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug`ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo`lgan yoki qiziqarli bo`lmagan fanni o`rganishda o`quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.Ushbu holatda, o`quvchi o`ziga mos keladigan ta’lim yo`lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o`z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalgaoshirishga imkoniyatga ega bo`ladi. SHakli va mazmuni bo`ycha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o`quvchilarga va ularning ota-onalarigaetkaziladi.Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o`quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalgaoshiriladi. Ammo “standart” termini o`zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo`llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. O`zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo`qligi XXasrning 80-yillarida ko`pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo`lishigaolib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo`ycha ishlar O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti me’yorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o`tiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) O`zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni qabul qilingandan so`ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo`ycha o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko`ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o`rganish ob’ektlari vaasosiy mazmunli yo`nalishlari ko`zda tutiladigan o`quv fanining umumiy ta’rifi.
2. O`quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o`quvchilarning o`quv tayyorgarliklari zarur bo`lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko`nikma va malakalarga qo`yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “o`lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar vaalohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o`quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo`ladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə