O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə50/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

2.Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi. Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uni ko`pchilik “qo`llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o`qitish” deb ataydilar. U odamni kundalik muammolarni hal etishga tayyorlashgaasoslangan bo`lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo`llab turish uchun mo`ljallangan.Ayni vaqtda“innovasion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishgaalohidaahamiyat berilmoqda. Mazkur ta’limning quyidagi o`zigaxos xususiyatlar mavjud:

  1. bu oldindan ko`ra bilish, ya’ni, o`quvchinini avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o`qitish emas, balki uni uzoq kelajakni mo`ljallashga o`rgatishdan ibora bo`lib, o`quvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatdataxmin qilish, ko`zlash, modellashtirish va loyihalashtirishamalgaoshiraolishi zarur.

  2. o`quvchining hamkorlikda ta’lim olish va muhim qarorlarni qabul qilish (lokal vaxususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizasiya rivojlanishini hisobgaolishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishini ta’minlash.

Keyingi yillardamasofaviy ta’lim (lotincha distantia – masofa) – masofadan turib o`qitish keng rivojlanmoqda. Masofaviy o`qitish – ta’lim texnologiyasi bo`lib, unga ko`ra o`quvchi qaerda va qanday holatda bo`lishidan qat’iy nazar muayyan ta’lim muassasasi ta’lim dasturini o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu maqsadni amalgaoshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari: darsliklar va boshqa bosma nashrlar, o`rganilayotgan materialni kompyuter telekommunikasiyalari orqali uzatish, videotasmalar, munozaralar va seminarlar o`tkazish, regional va milliy televidenie hamda ravdioorqali o`quv dasturlarini namoyish etish, kabelli televidenie vaovozli pochta, ikki tomonlamali videokonferensiyalar, telefon orqali qaytaaloqa bilan bir tomonlama videotranslyasiya va boshqalarning xizmatiga tayaniladi. Masofali o`qitish o`qituvchilarga vaqtini tejashda qulaylik yaratadi, asosiy faoliyatidan ajralmagan, jumladan uzoq rayonlarda yashovchilarga o`qish imkonini yaratadi, o`quv fanlari erkin tanlanadi, fan, ta’lim va madaniyat mashhur namoyondalari bilan munosabatlar imkonini beradi. O`quvchi va o`qituvchilarning faol o`zaro munosabatlari, mustaqil ishlashni faollashtirish va o`quvchilarning mustaqil bilim olish ehtiyojlarini qoniqtirishgaxizmat qiladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə