O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə51/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

3.Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi. Jahon pedagogik fani vaamaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqchi ta’limni tashkil etishga o`z ta’sirini o`tkazadi.Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko`rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari. Ular o`quvchilarni qamrab olishi, o`quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o`qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko`ra quyidagi uch asosiy turgaajratiladi:

  1. individual;

  2. sinf-darsli;

  3. ma’ruza-seminarli.

Qadim zamonlarda mavjud bo`lgan o`qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shaklihisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. YOzuv paydo bo`lishi bilan qavm boshlig`i turli belgilar yordamida o`zining tajribalarini yoshlarga o`rgatgan. O`qituvchi va o`quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko`rsatish mumkin. O`qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o`rtaasrlarda yagona usul bo`lgan, undan ba’zi mamlakatlardaXVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usuli bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning usutunligi o`quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to`la individualashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati vaoperasiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o`qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo`lishini talab etadi.
Individual o`qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklariham mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. vaqtning tejamli emasligi;

  2. o`qituvchi ta’sirining cheklanganligi (o`qituvchining vazifasi o`quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

  3. boshqa o`quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatadi);

  4. jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.

Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o`qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o`rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ta’limning individual-guruhli shaklidagi Evropada, XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. BungaAvesto davri misol bo`laoladi, bu davrda o`quvchilar uchun asosiy o`quv qo`llanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Avesto” (eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo`lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablardaindividual o`qitish jamoali o`qitish bilan birgaolib borilar edi. O`qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini ochadi va o`quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o`qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o`qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o`qituvchining o`quvchi bilan erkin suhbati davomidaolib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg`ulotlar shaklidaamalgaoshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo`lgan. Otda yurish, ov qilish, qilchdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayzaotish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo`lmagan1.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o`zining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” («Bolalarni maktabda o`qitish va tarbiyalash») bo`limida o`quvchilarga jamoali o`qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:
1) agarda o`quvchilar birgalikda o`qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o`rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o`zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o`qishi yaxshilanishiga yordam beradi.
2) o`zaro suhbatlarda o`quvchilar kitobdan o`qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlarigaaytib beradilar;
3) bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do`stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o`quv materiallarini o`zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o`rganadilar2.
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo`lida o`quvchiga maslahatlar» nomli o`zining ilmiy asarida dars olib borish bo`ycha tavsiyalar beradi. Uning ko`p yillik dars o`tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan vaXXasrgacha o`zigaxos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O`qituvchi maktabda darsga tushinish va o`zlashtirish mumkin bo`lgan o`quv materiallarini tanlab olishi, darsda o`rganilagandigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O`quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o`zlashtirilsin. SHuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo`lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi1.
XV asrda jamoali o`qitishni tashkil etish g`oyasini Muhammad Tarag`ay Ulug`bek davom ettiradi. Mutafakkir o`zining madrasalarida individual mashg`ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo`lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhgaodatda, o`z sohasida mashhur bo`lgan olim mudarris (o`qituvchi-professor) o`qiydi, amaliy mashg`ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kchik guruhda kchik mudarris (o`qituvchi) olib boradi. O`qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan. Samarqand madrasasida ma’ruzalarni allomaning o`zi va qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlari o`qiganlar. Muhammad Tarag`ay Ulug`bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, georafiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin “jamoa” usulida ham o`zining salbiy tomonlari bo`lgan. Jamoa usulidaXXasr maktabida mashhur bo`lgan guruhli-laboratoriya metodida bo`lgani kabi o`zlashtirishni individual xususiyati hisobgaolinmagan. YAxshi o`zlashtirmagan ba’zi shogirdlar ham ilg`orlar qatorida bir qo`llanmani o`rganishdan boshqasini o`rganishga o`z-o`zidan o`tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar2.
Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg`ulotlarni o`qituvchi bir o`quvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlcha bo`lgan turli yoshdagi bolalar guruhi bilan olib borishidan iborat edi. O`qituvchi navbat bilan har bir o`quvchidan o`tilgan materialni so`raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o`z ishlari bilan shug`ullanadilar. O`qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg`ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo`lgan.
XV vaXVI asrlar davomida, Evropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o`zgarishlar bolalarga ta’lim berishning ommaviy shakli yuzaga kelishiga zamin yaratdi.Ulardan biri bolalarni guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U g`arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g`arbiy qismlari) birodarlik11 maktablarida ilk bor qo`llanilgan vao`qish sinf-darsli shaklining asosi bo`lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda YAn Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jhatdan asoslab berildi vaommaviylashtirildi. Olim pedagogikagao`quv yili, o`quv kuni, dars, mashg`ulotlar orasidagi tanaffus, o`quv ta’tillarikabi tushunchalarni kiritdi. quyosh it yulduzlari turkumida bo`lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta’til» lotinchada – kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi).
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo`lsada, bugungi kunda ham keng ko`lamda qo`llanilib kelinmoqda.Sinf-dars tizimining mazmuni o`quv ishlarini tashkil etish o`zigaxos shakli sifatida, quyidagilarda iborat:

  • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan o`quvchilar sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o`qishning umumiy davrigaasosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

  • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo`ycha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti vaoldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi.;

  • mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

  • dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois o`quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

  • darsda o`quvchilarning ishiga o`qituvchi rahbarlik qiladi, u o`z fani bo`ycha o`qish natijalari, har bir o`quvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida o`quvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qiladi.

Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog`langan quyidagi uchta qismini ajratib ko`ratadi:

  1. ilgari o`rganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalgaoshirish va o`quvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko`rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikrcha darsga go`yoki “eshik” hisoblanadi.

  2. asosiy masalani hal etishga yo`naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisobalanadi.

  3. amalgaoshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.

Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishgaA.Disterveg ham katta hissa qo`shdi. U o`qituvchi va o`quvchining faoliyatiga taalluqli o`qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o`quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobgaolishni zarurligini asoslab berdi.
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didaktikasigaoid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko`rsatib berdi. Afzalliklari: yaxlit o`quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo`lib muhokama qilinishi, masalaning echimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o`rtasida o`zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o`qituvchining o`quvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emosional ta’sir ko`rsatishi; ta’limning emosionalligi (zero, o`qituvchi bir vaqtning o`zida o`quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o`quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o`zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o`rtacha darajada o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun mo`ljallanganligi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o`zlashtiruvchi o`quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o`qituvchi uchun o`qitish mazmuni va o`qitish sur’atlari hamda metodlari bo`ycha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobgaolishdga qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kchik yoshli o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.
XIXasr oxiri XXasr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo`lgan o`quvchilarni o`qitishda individuallashtirishgaahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. SHunga mos ravishdatanlab o`qitish shakli yuzaga keldi (AqSHda Batov, Evropada Maingeyms tizimi). Evropa vaAqSHda, XXasr boshida o`quvchilarning individual, faol, mustaqil o`quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko`plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko`rilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o`qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo`llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o`quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o`quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog`liq: ta’lim faoliyati ustun turadigan o`qishni an’anaviy tashkil etish o`quvchining mustaqil o`quv faoliyatining markaziy hisoblanishi, o`qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi, sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi, o`qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o`quvchining laboratoriya yoki ustaxonalarda o`qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug`ullanishlari va zarur bo`lgan paytda o`qituvchidan yordam so`rashlari.Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko`ra keskin tanqi dga uchragan.
XXasr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta’limning loyihali tiziminitarg`ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O`qitish bu tizimining mazmuni o`quvchilarning o`zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog`langan bo`lishi va o`quv guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo`nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo`jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo`lgan. 60-yillardaTramk rejasi juda mashhur bo`ldi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O`qitishni tashkil etishning bu shakli kattaauditoriyalarda (100-150 odam) mashg`ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda va o`quvchilarning individual ishlarini birgalikdaolib borishni taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma’ruzalarni olib borishga o`quv vaqtining 40 % iajratiladi. Kchik guruhlarda mashg`ulotlarga (seminarlar) – 20 % i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i ajratiladi.70-yillarda o`qishni tashkil etish noan’anaviy shakllarini izlash davom ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizasiyalashtirish fikri bilan bog`liq bo`lgan. Izlanishlar asosiy masalasi – o`qishni individuallashtirish edi.Birinchi universitetlar paydo bo`lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri µali deyarli hech bir katta o`zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultasiya va tanlagan kasbi bo`ychaamaliyot hozirgacha leksion-seminar tizim sifatida o`qishning asosiy shakllaridan biri bo`lib kelmoqda. Leksion-seminar tizimi o`zining sof ko`rinishidaoliy vaoliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo`llaniladi. O`zbekistonda uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tadbiq etilishi bilan leksion-seminar tizimidan akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o`rta maktab katta sinflarida ham qo`llanila boshlandi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə