O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə48/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o`qituvchilarning amaliy tajribasini o`rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o`quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar vaaniq holatlarga bog`liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatgaolinishi lozim:

  • zamonaviy didaktikaning etakchi g`oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

  • o`rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o`zigaxosligi;

  • xususiy fanlar metodikasining o`zigaxosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo`yiluvchi talablarning o`zaroaloqadorligi;

  • muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

  • u yoki bu mavzuni o`rganishgaajratilgan vaqt;

  • o`quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;

  • o`quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;

  • o`quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko`rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

  • o`qituvchining imkoniyatlari, nazariy vaamaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;

  • o`quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o`rnatilganligi.

O`qituvchi bu holatlarni inobatgaolib, u yoki bu ketma-ketlikdaog`zaki, ko`rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o`z-o`zini nazorat metodlarini tanlash borasidaaniq echimlar qabul qiladi.
Nazorat uchun savollar:

    1. Ta’lim metodi nima?

    2. Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?

    3. Ta’lim metodlarining tasnifi nima?

    4. Ta’lim jarayonida, suhbat metodini qo`llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

    5. Oq`zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalarda ko`rinadi?

    6. Ko`rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?



9-Mavzu: Ta’limni tashkil qilish shakllari va turlari. Dars - maktabda ta’limni tashkil qilishning asosiy shakli. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida ta’limni tashkil etish shakllari
Reja:
1.Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi.
2.Ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish tendensiyasi.
3.Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
4.Darsda o`quvchilar o`quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari.
5.Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli.
6.O`qituvchining darsga tayyorgarligi.
7.Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’limning ma’ruza-amaliy tizimi, uning belgilari vaxususiyatlari.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə