O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə41/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqchi ko`rsatiladi:

  1. umumiy nazariy bosqch;

  2. o`quv bosqchi;

  3. o`quv materialini o`zlashtirish bosqchi,ya’ni, ta’lim mazmunining o`quv rejasi, o`quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o`z ifodasini topishi.

Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o`quv rejalari mazmunida namoyon bo`ladi. O`quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o`quv rejasi.
Umumiy o`rta hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o`quv rejasidavlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo`lib, u namunaviy vaamaliy o`quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Tayanch o`quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o`quv rejalaritayanch o`quv rejasi asosida tuziladi va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamdaOliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo`ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobgaolib ishchi o`quv rejalari ishlab chiqiladi.
O`quv rejasime’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

  • o`quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;

  • ushbu ta’lim muassasasida o`rganiladigan o`quv fanlari tartibi;

  • o`qish yillari bo`ycha fanlarni taqsimlash;

  • har bir fan bo`ycha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o`rganishgaajratilgan soatlar hajmi;

  • har bir fanni o`rganishgaajratilgan haftalik soatlar hajmi;

  • praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.

O`quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o`quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o`quvchilarning erkin tanlovi bo`ycha fakultativ va majburiy mashg`ulotlar aks ettiriladi.O`quv dasturi – muayyan o`quv fani bo`ycha bilim, ko`nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o`rganilishi bo`ycha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o`rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.Dasturda o`quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo`ycha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko`rsatilgan bilim, malaka va ko`nikmalarni o`quvchilar tomonidan to`la o`zlashtirilishi o`qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.O`quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflikbo`lishi mumkin.
Namunaviy o`quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturlari quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • ushbu fanni o`rganish maqsadlari, o`quvchilarning bilim va malakalarigaasosiy talablar, o`qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

  • o`rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

  • kursning alohida savollarini o`rganishga o`qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

  • dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro`yxati;

  • fanlararo va kurslararo bog`liqlikni amalgaoshirish bo`ycha ko`rsatmalar;

  • o`quv uskunalari va ko`rgazmali qo`llanmalar ro`yxati;

  • tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Namunaviy o`quv dasturlari Xalq ta’limi hamdaOliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanomaxususiyatiga ega bo`ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik lisey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o`quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o`quv jarayonini metodik, informasion, texnik ta’minlash imkoniyati, o`quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobgaolinadi.Mualliflik o`quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobgaolgan holda o`quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo`lishi, u yoki bu nazariyalarni o`rganishga mualliflik yondashuvi, o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi resenziyalariga ega bo`lishi kerak va ular mavjud bo`lganida maktab, akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o`quv dasturlari o`quvchilarning erkin tanlovi bo`ycha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
O`quv fani ta’lim muassasalarida o`quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo`ycha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko`nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.O`quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O`rta maktab, akademik lisey va kasb-hunar kolleji o`quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o`quv dasturlari o`quv adabiyotlaridaloyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasigadarsliklar va o`quv qo`llanmalari kiradi.
O`quv adabiyotlari orasidadarslikalohida o`rin tutadi. Darslik muayyan o`quv fani bo`ycha ta’lim maqsadi, o`quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to`g`risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo`lib, u mazmuni va tuzilishiga ko`ra fan bo`ycha yaratilgan o`quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o`quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda RespublikaXalq ta’limi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. g`oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo`lgan darslik ta’lim mazmuniga qo`yiladigan barcha talablarga javob beraolishi, o`quvchilar uchun qiziqarli, iloji borcha qisqa, tushunarli, ko`rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bo`lishi kerak.Darslik bir vaqtning o`zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo`lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko`ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko`ra egaasosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo`yiladigan talablar turli-tuman va qarama-qarshi bo`lib, mukammal darsliklarning etishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o`qituvchilar va o`quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.Darslik o`quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o`quv materialini to`la o`zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo`lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. motivasion vazifa - bu vazifa o`quvchilarni ushbu fanni o`rganishga yo`naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag`bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;

  2. axborot vazifasi o`quvchilargaaxborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;

  3. nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o`quvchilarda o`zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo`lgan ko`nikma, malakalarni shakllantirish uchun o`rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.

  4. muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko`rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;

  5. rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o`quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko`rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;

  6. o`qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo`lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko`rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko`zga tashlanadi.

Ta’lim mazmuni o`quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o`quv qo`llanmalari: adabiyot va tarixxrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo`ycha masalalar to`plamlari, georafiya, biologiya bo`ychaatlaslar, til bo`ycha mashqlar to`plamlari va boshqalardaochib beriladi. O`quv qo`llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi vaaniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo`ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə