O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə38/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Ta’limning tarixiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqchida ustuvor o`rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta’lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta’siri ostida o`zgarib borishini anglatadi. Ta’lim ijtimoiy hodisa sifatidaodamlarning bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo`lga qo`yish uchun zarur. Bilimlarni to`plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o`sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funksiyalari ko`lamini oshishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuvlar (pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqchlarida ta’lim mazmuni yo`nalishlarni belgilab keladi. O`rtaasrda, Yaqin va O`rta SHarqda diniy o`quv muassasalari – madrasalar ta’lim va fan markazlari bo`lgan. O`zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o`quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kelgani va shu erdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan. Somoniylar davrida (Xasr) faqat Samarqandning o`zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo`lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o`zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikkaoid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o`rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etiladi.O`z davrida madrasalarda o`qitilishi yo`lga qo`yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo`ychaajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi).
Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog`lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma’naviy tarbiya; 5) hunarga o`rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda, Uyg`onish davrida (IX-Xasr) ta’limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g`oyalargaasoslangan edi deyishga imkon beradi.SHarqdagi Uyg`onish davri SHarq mutafakkirlari – Muahammad Musoal-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o`zlarining ta’limiy qarashlarida birinchi o`ringa inson shaxsini qo`yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishishlari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta’limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar. Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo`lish g`oyasini ilgari suradilar, sxolastik o`qitish va qattiy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikrcha, o`qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg`otishi kerak.Muhammad Tarag`ay Ulug`bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati XIV-XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta’minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko`rsatadi. Muhammad Tarag`ay Ulug`bek Samarqandning hukmdori bo`lishi bilan birgaastronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo`lgan. SHuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo`lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. CHunonchi, alloma ko`plab iste’dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o`rganishlariga kattaahamiyat bergan.Alloma o`z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o`tkazdi, mudarris (o`qituvchi)largaoylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stependiya ajratgan.
Muhammad Tarag`ay Ulug`bek madrasa o`quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o`zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o`qish quyidagi bosqchlardan iborat bo`lgan:
1. “Anda” (kchik) – o`qish muddati 2 yil.
2. “Aust” (o`rta) – o`qish muddati 3 yil.
3. “A’lo” (oliy) – o`qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqati nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko`zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o`rtaasr evropa universitetlari uchun ham xos bo`lgan.
Buyuk iste’dod egasi sifatidaalloma o`z davridan bir nechaasrlarga o`zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag`ay Ulug`bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo`l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to`la tasdiqlaydi.
Evropa uyg`onish davri (XIV-XVI asrlar) ma’rifatparvarlari XVIII-XIXasrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g`oyalarini ilgari surganlar. Misol uchun, Italiya ma’rifatparvari V. De Feltre (XV asr) “quvonch maktabi”ni tashkil etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy vaaqliy rivojlanish imkoni berilgan. J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalossining odamni faol hayotiy faoliyatga jalb etish yo`li bilan uni rivojlantirish haqidagi g`oyasi XXasr pedagogikasining rivojiga o`z ta’sirini ko`rsatdi.
Ta’lim nazariya (konsepsiya)lari mazmuni. An’anaviy pedagogikadaformal va moddiy ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o`rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi?
Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalossi, Kant va Gerbart (XVIII-XIXasrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlaridadidaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi (bu nom E.SHmit vaA.A.Nemeyerning «Prinso`pi vospitaniya i obucheniya» asarida tilgaolinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta’limni o`quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g`oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko`p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlarigaasoslanadi. Keyinchalik bu g`oyani I.Kant va I.G.Pestalossilar rivojlantirishdi. Ular o`qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o`quvchining iqtidorini rivojlantirish, o`quvchining to`g`ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo`lishi shart deb hisoblaydilar.
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy rasionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug`iladi, shu bois ta’lim o`quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o`stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikrcha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o`rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g`oyalari asosida ish ko`riladi.
XVII asr oxiri – XIXasr boshlaridamoddiy ta’lim nazariyasi jadal rivojladi. Nazariyaning paydo bo`lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo`lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik vaamaliy tayyorgarlikka ega bo`lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibigaolib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “ensiklopedistlar” deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o`quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o`zlari o`qitadigan fanga iloji borcha ko`proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam bo`lib chiqdi, chunki o`quvchilarga juda ko`p axborotlar beriladi. Natijadaaxborotlar qisman va yuzaki o`zlashtiriladi. Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g`oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqaolmaydi va bilim manbai fag`at tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o`quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o`quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo`nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIXasr oxirlari XXasr boshlarida Rossiya, va Turkistonda, real gimnaziya va real bilim yurtlarida o`qitish qadimgi va g`arbiy Evropa tillarini o`rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamdaamaliy xususiyatli fanlarni o`zlashtirishgaasoslangan. Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy vaA.Avloniylar judaasosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o`zlashtirishdan uzoq bo`lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o`ylab topilgan yolg`on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsabilan emas, odamni o`zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo`ladigan bilimlarni ham berishi kerak. O`zbek pedagogi AbdullaAvloniy ham (1878-1934 yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o`zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilch kabi o`tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo`lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o`xshaydi” deb yozadi. SHu bilan bir vaqtdaA.Avloniy fanni o`zlashtirishga faqatginaxayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo`lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo`lmaydi, lekin uni o`rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o`quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashni shakllantiradi.
XXasr boshlarida, chet el vaayniqsaamerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo`ychapragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g`oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859-1952 yillar) maktab ta’limining o`z konsepsiyasini yaratishga ko`p urindi. Bu yo`nalishlar vakillari (Dj.Dyun, G.Kershenshteyner) o`qitish bu o`quvchining “tajribasini qayta tashkil etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O`qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishgaoid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang`ch qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o`quv kurslari kerak emas”, “O`qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o`qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida o`qitish – maktabdaasosiy metod”. SHunday qilib, Dyun maktabda ta’lim vaalohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o`qishni tor hamda o`quvchilarning qiziqishlarigaasoslangan praktisizmidan iborat hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda “o`qitishning loyihali tizimi” (yoki loyihalar metodi)ni ishlab chiqdi, uning mazmuni o`z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o`qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning echimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o`yinchoq uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika, boshqa fanlari bo`ycha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy maktabda ta’lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta’limni modernizasiyalashtirish hamda takomillashtirish yo`llarini izlaydilar.
Ko`plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy vaA.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko`plab qimmatli g`oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.
Bugungi kunda turli ta’lim konsepsiyalari mavjud. Konsepsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida o`rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu erda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalgaoshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo`lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondoshish o`quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo`naltirishga emas. Amaldaodam bu erda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).
Boshqa bir konsepsiya ta’lim mazmunini o`quvchi o`zlashtirishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajaraolishini talab etish etarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagcha bo`ladi: o`sib kelayotgan avlodgaona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar bo`ycha bilim va malakalar berish zarur.Milliy umumiy o`rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi uchun bu etarli emas. Jamiyatning o`quvchilardan faqat ma’lum o`quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o`z harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli, atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yo`l qo`ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi. O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997)da zamonaviy ta’lim mazmuni ijodiy, mustaqil fikrlovchi demokratik jamiyat fuqarosini shakllantirish vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo`yilgan. Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) haqiqiy a’zosi V.V.Kraevskiy tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishcha, ta’limning asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to`plagan tajribalarni avlodlarga uzatish hisoblanadi.
Mazkur konsepsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to`rtta tashkiliy elementlardan iborat bo`ladi:

    • idrok etish faoliyatiniamalgaoshirish usullari qayd etilgan shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);

    • amaliy faoliyatni amalgaoshirish usullari shaklida qayd etilgan amaliy faoliyat tajribasi (ko`nikma va malakalar);

    • muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni hal etish shaklida(ijodiy faoliyat tajribasi);

    • atrof-muhitga, bir-biriga, emosional qadriyatli munosabatlar tajribasi, ya’ni, emosional, axloqiy, estetik tarbiyalash.

Mazkur elementlar o`zaro bog`liq va bir-birigaasoslangandir. Mamlakatlar bilimlarsiz bo`lishi mumkin emas. Odamning ijodiy faoliyati bilimlar va ko`nikmalar mazmunli ma’lum materialidaamalgaoshiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalilik odam yashaydigan jamiyatning xulq, ko`nikma va malakalarini egallab olganligini ko`zda tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o`zlashtirish odamga jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo`lish bilan birga mustaqil harakat qilish, jamiyatni o`zgartiraolish, ijtimoiy taraqqiyotga o`z hissasini qo`shaolishga imkon beradi. SHuning uchun umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda, hayotga tayyorlaydi, ikkinchidan, inson ushbu tartibga o`z hissasini qo`shish, xatto uni qayta tuzishga ham qodir bo`ladi. Akademik V.V.Kraevskiyning konsepsiyasi o`qituvchini o`quvchilar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyatga yo`naltiradi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə