O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə36/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

Adabiyotlar:
1.O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi». Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997.44-51b.
2. To`xtaxadjaeva M. Pedagogika. - T.: O`zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.103-125b.
3.Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.20-22b.


Ta’lim o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish, ularning amaliy ko`nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo`layotgan hodisalarni o`zaroaloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi.Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to`plangan ijtimoiy ahamiyatli tajribalarning avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli jarayoni ham sanaladi..
SHaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o`zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir. Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to`plami, o`quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sosium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O`tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashdaekstensiv yondashish (miqdoriy – sonini ko`paytirish)etakchi o`rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o`quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida, o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o`quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o`z echimini topmadi.So`nggi yillarda, ta’limni insonparvarlashtirish yo`lida, ta’lim mazmunini aniqlashdashaxsga-yo`naltirilgan yondashuvasosiy o`rinni egallay boshladi. Bunday yondoshish V.V.Kraevskiy, I.YA.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilova, N.N.Azizxo`jaeva, N.Sayidahmedov, F.R.YUzlikaev (O`zbekiston)larning ishlarida o`z aksini topdi. Masalan, V.V.Kraevskiy, I.YA.Lernerlar ta’lim mazmuni deganda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko`nikma va malakalar to`plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emosional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar. Demak, shaxsga yo`naltirilgan yondoshishga muvofiq ta’lim mazmuni mohiyatini aniqlashdaasosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o`zi hisoblanadi. Bunday yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatida bo`lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida, O`zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog`lom avlodni tarbiyalash;
- o`quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o`zlashtirilishini ta’minlash;
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi;
- yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy qadr-qimmat, demokratik o`zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o`z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo`ladi. Ular o`quv fanlari mazmunida uyg`unlashtiriladi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə