O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə33/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

5.Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o`sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosidaamaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O`sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan vaavloddan-avlodga uzatib kelingan.Antik davrdaasosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. Platon vaAristotellar tavsiya hamda qoidalar to`plami ko`rinishidaamaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.SHarqdagi Uyg`onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosidaalohidasinkretik(yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo`shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo`ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o`z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug`ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o`rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo`llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko`rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobgaolish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarni ifoda etib berganlari anglanadi1 (93-betga qarang).
XVII asrda, pedagogikaamaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo`ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to`la qayta qurishni chexolimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalgaoshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko`ra guruhlaganlar:

  1. Ijtimoiy-tarixiy.

  2. Tabiiy-tarixiy.

  3. Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg`or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko`ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:

  1. “Ta’lim vaoson o`qishning asosiy qoidalari” (“Buyuk didaktika” - XVII bob);

  2. “Tabiiy o`qish va ta’limning asosiy qoidalari”;

  3. “Fanlarga o`qitish san’atining to`qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.

Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo`lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko`ra guruhlargaajratadi (birinchi guruh – o`qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi – o`quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə