O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Bilimlarni o`zlashtirish jarayonining tuzilishi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə30/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

3.Bilimlarni o`zlashtirish jarayonining tuzilishi. O`quvchilar o`quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o`rganib olish uchun bilimlarni o`zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o`quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqchlarini bilishi zarur: idrok etish, o`quv materialini anglab etish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo`llash.
Birinchi bosqch idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etishaniq maqsadga yo`naltirilgan anglash jarayoni bo`lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o`quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o`rganishlari (masalani qo`yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o`quv materiali bilan dastlabki tanishish amalgaoshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo`lgan tajribalarni o`tkazishdan iborat bo`ladi. Birinchi bosqch o`quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o`rganish haqidaetarlcha tasavvurga ega bo`lganida va o`quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqch – o`quv materialini anglab etish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish vaanaliz qilishdan iborat. Bundaasosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to`plamini o`rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o`rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o`quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo`shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko`rsatsin. O`quvchi o`quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o`rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu bosqch yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqch – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqch o`zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko`proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo`ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O`qituvchi o`quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko`chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqch yakunida o`quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o`quv malakalari va ko`nikmalari shakllantirilgan bo`ladi.
To`rtinchi bosqch bilim, ko`nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo`llashdan iborat bo`ladi. Bilimlarini qo`llash o`rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko`rinishlaridaamalgaoshirilishi mumkin. Bu o`quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er maydonidagi ishlar bo`lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqchlari sxematik ko`rinishi quyidagchadir:



Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə