O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


O`qituvchi va o`quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O`qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə28/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

1.O`qituvchi va o`quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O`qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da, tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o`quvchining faoliyati o`qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O`qituvchi faoliyatining vazifasi o`quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo`naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqchlardan iborat:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. boshqarish (rag`batlantirish);

  4. nazorat;

  5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

O`qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqchi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o`quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o`rganib chiqishi, o`quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o`ylab chiqishi kerak bo`ladi.
O`quvchilar faoliyatini tashkil etish o`quvchilar oldiga o`quv masalalarini qo`yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo`ladi.
143. Shubhasiz ta’lim - tarbiya jarayoni o`zining vazifasiga ega turli bosqichlarga bo`linadi. Va bunday holatda talim-tarbiya masalasi ayniqsa yangi pedagoglar uchun juda murakkab va havotirli ko`rinadi. Lekin uslub va strategiyalar bo`laklarga ajratilsa, ta’lim tarbiya mantiqiy, ilmiy va tushunarli bo`ladi.
Yaxshi o`qitish barcha uslub va strategiayalardan yaxshiroqdir. Albatta sinfda intellektual ta’lim jarayonini yaratish uchun o`qituvchidan o`z sohasining chuqur bilim talab etiladi, lekin o`qituvchi shunday bir san’atkor bo`lishi kerakki o`uvchilarni darsga sehrlay olsin. Uslub ta’lim tarbiyada o`quvchilarni yetuklikka ko`tarish uchun nima kerakligini tushuntirmaydi.Shuning uchun ham shaxs hususiyati tajribali o`qituvchilarda boshqacha shakllanadi.
Yaxshi ta’lim tarbiyaning asosida jo`shqinlik yotganidek, mashxur pedagoglar o`z g’oyalarini talabalariga yetkazishda shu g‘oyani ilgari surishadi. Talabani ilhomlantira olgan pedagoggina ularni ishlashga unday oladi.9

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə