O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə32/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

4.Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O`quv jarayonidaamal qiluvchi barchaqonuniyatlar umumiy vaxususiy tarziga ikki guruhgaajratiladi. Amal qilinishiga ko`ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko`ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo`lgan qonuniyatlar esaxususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlaso`y1ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlariniajratib ko`rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog`liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani vaamaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog`liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o`quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi vaamaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog`liq: avvalgi bosqch mahsuldorligi va mazkur bosqchda erishilgan natijalar, o`rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o`quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko`rsatish hamda o`quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog`liq: metodlarni qo`llashda bilimlari va ko`nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o`quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o`quv jarayonini tashkil etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog`liq: ta’lim tizimida qaytaaloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko`rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag`batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog`liq: ta’limning chki rag`batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag`batlari.
Zamonaviy fangaaniq qonuniyatlar ko`plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Didaktik qonuniyatlar.

  2. Gnoseologik qonuniyatlar.

  3. Psixologik qonuniyatlar.

  4. Kibernetik qonuniyatlar.

  5. Sosiologik qonuniyatlar.

  6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o`quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang`ch qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang`ch qoidasi; boshqaruvchi g`oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə