O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


- Mavzu:Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə23/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

5- Mavzu:Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida
Reja:
1.Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.
2. Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi.
3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi.
4. Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
5. Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari.


Glossary:
Didaktika-Didactics
didaktika predmeti-Didactic subjects
vazifa-duty
tashkil topish-becoming
rivojlanish-growth
funksiya-function
asosiy kategoriya-the main category
tushunchalar tizimi-concepts
didaktik nazariya-didactic theory
konsepsiya-concept
falsafiy asos-the philosophical basis
zamonaviy pedagogika-modern pedagogy
Adabiyotlar:

1. To`xtaxadjaeva M. Pedagogika. - T.: O`zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.66-78b.


2.Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.140b.


1.Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o`qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo`lganda ham vaasosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo`lganda ham shunday bo`lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayongaaylanganda, maktab paydo bo`lganida ham shunday bo`lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. FaqatginaXVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimigaasos solindi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o`rgatuvchi”, «didasko» esa – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.Bu tushunchani buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilgaoladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asardaolim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko`rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so`z yuritadi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə