O’zbеkistоn respublikasi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 6,34 Mb.
səhifə19/362
tarix22.03.2024
ölçüsü6,34 Mb.
#181555
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   362
pedagogika nazariyasi 1-kurs

5.Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va hodisalar o`rgatiladi. Bu jarayonda o`quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o`zaro munosabatda bo`ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy vaaxloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasidaamalgaoshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko`rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar vaaxloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni chki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to`sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo`ladi: to`liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko`rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko`p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o`qituvchilar hamdaota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g`oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
138.Shaxsga bo`lgan hurmat darajasi
Har bir shaxsning o`zlashtrish qobiliyati va tezligi boshqalarnikidan tubdan farq qiladi.Agar darsning izchilligi va saviyasi o`quvchi bilim salohiyatiga muvofiq tarzda bo`lsa sinfning ko`pchilik talabalari har bir bo`lim yakunidagi berilgan ta’lim standardlariga javob bera olishi kerak. Shunga qaramay ba’zi talabalar hattoki biror bo`lim yoki bob yakunlanayotgandagina yakunlanayotgan mavzu haqidagi tushunchalari endi “uyg’onayotgan” bo`lishi mumkin. Ba’zi hollarda qisqa hulosaviy nazorat tekshiruvlaridagi o`zgarmas darajalar, kelajakdagi kasbiy mahoratlarida o`sishi mumkin.
Agar ushbu darajalash tizimi o`zgruvchan bo`lsa, yoki talaba bir bo`lim yoki bob yakunlangandan keyin zaruriy mahoratni namoyish qila olsachi?Agar ular buni ma’lum bir o`rtacha vaqtda bajarsa, yoki bo`lim yakunlangandan so`ng orqaga qaytib bilim darajasi salohiyatini aks ettiruvchi bahosini o`zgartirishi kerakmi?
Agar o`qituvchilar talaba shaxsini qadrlashni va ularning qobiliyatlarini nazorat qilishni hohlasa ular bor kuchlari bilan harakat qilishlari uchun talabarga har qanday imkoniyatni berishlari kerak. Bu esa baholash standardning asosiy tarkibiy qismi hisoblanishi kerak. Sentyabr va Yanvar oylaridagi yil bo`yi jamlangan ballarni qo`shib o`rtacha bahoni chiqargandan ko`ra o`qituvchilar o`quvchilarning chorak yakunidagi bilim darajalarini aniqlagani maqulroq. Namuna tariqasida, agar bir talaba o`rganilayotgan bo`lim davomida o`zlashtira olmasa va bu iqtidorni keyinroq namoyon qilsa, uning dars davomida olgan bahosi yakuniy baholanishiga ta’sir ko`rsatmasligi kerak.
Oshkora tuzilgan va tartibga solingan baholash mezoni o`quvchilarning o`qishga bo`lgan ishtiyoqi va o`z kelajagini yarata olishiga bo`lgan ichonchini mustahkamlaydi. Yil yakunidagi o`rtacha baho ko`rsatkichining eski mezoni talabalarning o`qishga bo`lgan ishtiyoqini pasaytiradi: avvalgi egallangan past baholar keyinroq ham baholanishga ta’sir ko`rsatsa qattiq ishlashdan naf ko`rmagan talabalarda yil yakunida o`zlashtirish o`sish o`rniga pasayadi. Har bir kishi turli hil tezlikda o`zlashtirishi tufayli baholanishning yangicha mezoni- yil boshidagi past baholar yil yakunidagi yuqori ballarga ta’sir qilmaslik o`rganuvchilarda o`qishga bo`lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.6
Zero, O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab o`tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.

Yüklə 6,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə