O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Foyda va foyda normasi. 
K.Marksning foyda nazariyasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki
daromadning bu turi, tadbirkorlarning har qanday daromadi singari, ishchi kuchini 
eksplutatsiya qilish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha qiymatning tashqi, ya’ni 
o’zgargan shakli hisoblanadi. Bu erda, D.Rikardodan farqli o’laroq, gap nafaqat 
foyda normasi to’g’risida, balki uning qo’shimcha qiymat normasidan farqli, o’ziga 
xosligi to’g’risida boradi. «Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo’lib ko’ringan 
qo’shimcha qiymat foydaning o’zgargan shakliga kiradi». 
«Kapital» I tomining mazmuniga ko’ra, korxonalarda yoki iqtisodiyot 
tarmoqlarida o’zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha ko’p bo’lsa, 
110 


qo’shimcha qiymat miqdori shuncha ko’p bo’ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi 
qancha yuqori bo’lsa, ya’ni korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning 
mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo’lsa, qo’shimcha 
qiymat miqdori shuncha kam bo’ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks 
«qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi» tushunchalarining farqini bilishni 
tavsiya etadi. Agar birinchisi, uning tomonidan, qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchi 
kapitalga bo’lgan nisbati sifatida ko’rilsa, ikkinchisi esa (gap qo’shimcha qiymatning 
«o’zgargan shakli» to’g’risida borar ekan) qo’shimcha qiymatning jami kapitalga, 
ya’ni o’zgaruvchi va doimiy kapitalga bo’lgan nisbati sifatida qaraladi. 
K.Marks ta’limotiga binoan foyda normasi pasayish tendentsiyasiga ega. 
Bunday tendentsiya uningcha, Rikardo-Mill ko’rsatib berganidek, demografik omillar 
va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keltirib chiqaradigan xayotiy zaruriy 
mahsulotlar bahosining oshishi sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi 
umumiy kapitalda o’zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. 
Bundan tashqari, «qo’shimcha qiymat normasi» va «foyda normasi» 
tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor 
iqtisodyoti xo’jalik mexanizmi «sir asrorlarini» yaxshi tushunganligini namoyish etdi. 
Masalan, qo’shimcha qiymat nazariyasi «mantig’i» bo’yicha, ish kuni qancha uzun 
bo’lsa, qo’shimcha qiymat massasi va eksplutatsiya normasi shuncha yuqori bo’lishi 
kerak. Lekin «qo’shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo’li bilan qo’shimcha qiymatni 
ko’paytirish usulini K.Marks yaxshi va to’g’ri usul deb hisoblamaydi. «Absalyut 
qo’shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil 
bo’lganda, ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini 
pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to’g’risida gapirmasa ham 
bo’ladi. Buning ustiga «Kapital» muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida kapitalist 
uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning «oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid 
qildi. Uning tasdiqlashicha, zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat 
unumdorligining oshishi «nibiy qo’shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning 
o’zida qo’shimcha qiymat normasining pasayish tendentsiyasini kuchaytiradi. 
Shunday bo’lsada har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda normasini ko’paytirishga 
intiladi. «Foyda normasi, – deb yozadi K.Marks,- kapitalistik ishlab chiqarishni 
harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo’lgan narsagina 
ishlab chiqariladi». 
Foyda normasi hamisha qo’shimcha qiymat normasidan kam bo’ladi. Buning 
sababi shundaki, uni hisoblaganda qo’shimcha qiymat butun kapitalga nisbatan 
olinadi, qo’shimcha qiymat normasini hisoblaganda esa, qo’shimcha qiymatning 
faqat o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbati olinadi. Chunki qo’shimcha qiymat, 
K.Marks ta’limotiga ko’ra, faqat o’zgaruvchi kapitalning funktsiyasi hisoblanadi. 
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning o’zgaruvchi 
kapitaldan ko’pligi o’rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq bo’lsa) o’rtachadan kamroq 
foyda normasi beradi. «Past uzviy tuzilishdagi» kapital esa o’rtachadan oshiqroq 
foyda normasini beradi. Kapital o’rtasidagi raqobat, kapitalning erkin suratda bir 
tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda 
beradigan tarmoqqa) oqib o’tishi har ikki holda ham foyda normasini o’rtacha qilib 
111 


qo’yadi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar qiymati miqdori tovarlar bahosining 
miqdoriga to’g’ri keladi. Lekin ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o’z 
qiymati bilan sotilmaydi, balki ishlab chiqarish bahosi» bilan sotiladi.
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o’rtacha foydani o’z ichiga 
oladigan bahodir». 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə