1.
Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga intiluvchi «iqtisodiy
odam» sifatida ko’riladi. Axloq,
madaniyat, urf-odat va shu kabilar nazarda
tutilmaydi.
2.
Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida ham,
shuningdek uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar.
3.
Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va
renta to’g’risidagi to’liq ma’lumotga ega.
4.
Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi:
mehnat va kapital bir
zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin.
5.
Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. Boshqacha
qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchining ko’payishiga olib
keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchining kamayishiga olib
keladi.
6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan
keladigan foydani
maksimallashtirish hisoblanadi.
7.
Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslushuvchan bo’ladi(mehnat
bozorida uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi).
8.
Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jamg’arilishi hisoblanadi.
9.
Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa davlatning haddan tashqari
aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bunday sharoitda «ko’rinmas qo’l»
resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi.
10. Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echib berishga, sanoat
tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi
jamiyat keladi.
Dostları ilə paylaş: