O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Buyuk turg’unlik va iqtisodiy fanning



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Buyuk turg’unlik va iqtisodiy fanning
Rivojlanishi. 
Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929 – 
1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiy fanning rivojlanishida katta rol 
uynadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQShda ishsizlik darajasi 3%foizdan 25% 
foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 % foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937 
– 1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u ikkinchi jahon urushiga kelib 
to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 % foizdan pastga tushdi. Bunday 
holatni dunyo hali ko’rgan emas. 
Evropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol ish 
faoliyatining pasayishi, tahminan, 1929 yil avgust oyidan boshlandi, sentyabrdan esa 
u fond bozorida o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Oktyabrda fond bozori halokatga 
uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, o’z aktivining asosiy qismini qimmatli 
qog’ozlarda saqlab turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi 
va natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. Bularning 
hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab chiqarishning real 
hajmi keskin pasaydi. 
Buyuk turg’unlik nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga 
asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi klassik 
makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Sodir bo’layotgan voqealar o’sha 
davrda ko’pchilik iqtisodchilar ishongan narsalarga zid bo’lib chiqdi. Bozor 
132 


iqtisodiyoti yangi sharoitga jiddiy o’zgarishlar qilish hisobiga moslasha oldi. Xuddi 
shunday qayta, keskin o’zgarishlar iqtisodiy fanda ham yuz berdi. Bunday qayta 
o’zgarish «keynscha inqilob» nomi bilan ataladi. Uning asosiy mohiyati – bozor 
xo’jaligida iqtisodiyotni davlat tartiblashidir. J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya 
etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida 
yo’nalish sifatida – keynschilik deb ataladi. 
Atoqli ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keynsning 1936 yili chop etilgan «Ish 
bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari iqtisodiyotni makro darajada 
tahlil qilishda inqilobiy to’ntarish yasadi. J.M.Keynsning bu asarini tadqiqotchilar 
A.Smitning «Odamlar boyligi…», K.Marksning «Kapital» asarlari bilan bir qatorga 
qo’yadilar. U XX asrdagi eng atoqli iqtisodiy asarlardan biridir. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə