Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195
Ona tili sintaksisi

umumlashtiruvchi boʻlak
deb ataladi. 
Koʻpincha belgilash, boʻlishsizlik olmoshlari va jamlovchi ot, 
jamlovchi sonlar, shuningdek, soʻz birikmalari, kengaygan birikmalar 
umumlashtiruvchi boʻlak boʻlib keladi: 
Uylar, daraxtlar, koʻchalar – 
hammasi
qorongʻilik qa'riga choʻmdi.
Ishga yangi qabul qilinganlar



47 
Ahmad, 
Salim 
va 
Akbar 
boshiliqning 
oldiga 
kirishsin.
Umumlashtiruvchi boʻlak qanday vazifani bajarsa, uyushiq boʻlaklar 
ham shunday vazifani bajaradi.
Umumlashtiruvchi boʻlaklar uyushiq boʻlaklardan oldin kelsa, 
undan keyin ikki nuqta qoʻyiladi:
Qudratning oldidan ikki oʻrtogʻi:
Ilhom va Rustam chiqib keldi.
Umumlashtiruvchi boʻlak uyushiq 
boʻlaklardan keyin kelsa, undan oldin tire qoʻyiladi:
Akam, opam, 
singlim – 
barchamiz
 aziz onajonimizni tabrikladik. 
Uyushiq va uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi hamda hollar 
Sanash ohangi bilan aytiladigan va yozuvda vergul bilan 
ajratiladigan aniqlovchi yoki hollar uyushiq aniqlovchi va hollar 
hisoblanadi (bu haqda yuqorida soʻz yuritildi). Sanash ohangi bilan 
aytilmaydigan, yozuvda orasiga vergul qoʻyilmaydigan aniqlovchilar 
va hollar uyushmagan aniqlovchi va hollar hisoblanadi.
Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi va hollar oʻzi bogʻlangan 
boʻlakning turli tomoniga oid belgilarni anglatadi: 
Qop-qora, shirin 
uzumlar gʻarq pishgan. Bugun maktabda ota-onalar majlisi boʻladi. 
 
Savol va topshiriqlar 
1. Nega uyushiq boʻlaklar deb atalgan? 
2. Uyushiq boʻlaklarning eng asosiy belgilari nimada? 
3. Qaysi boʻlaklar uyushadi? 
4. Gap boʻlaklarining uyushishi deganda nimani tushunasiz

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə