Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   195
Ona tili sintaksisi

Soʻz-gaplar haqida ma’lumot 
Bir soʻz bilan ifodalanib, boʻlaklarga boʻlinmaydigan va boshqa 
soʻzlar bilan kengaymaydigan gaplar soʻz-gaplar deb yuritiladi. Bu 
gaplar sodda gaplarning bir turi hisoblanadi:
Ertaga unikiga 
borasizmi?

Ha

Soʻz-gaplar quyidagi turlarga boʻlinadi: 
1) modal soʻz-gaplar
qat’iy ishonch, taxmin, gumon, ma’nolarini ifodalab keladigan 
gaplardir: 
- Ertaga kelasizmi? – Albatta.
2) 
undov soʻz-gaplar
his-


57 
tuygʻu va haydash-chaqirish yoki javob ma’nolarini ifodalaydigan 
gaplardir: 
- Oh, - dedi-yu, sekin divanga oʻtirib qoldi. 
3) 
tasdiq soʻz-
gaplarga
ha, mayli, xoʻsh, xoʻp
kabi soʻzlar kiradi; 4) 
inkor soʻz-
gaplarga
yoʻq, mutlaqo, aslo, sira, aksincha
soʻzlari kiradi; 5) 
taklif 
soʻz-gaplar
tinglovchiga qaratilib, biror ish-harakatni bajarishga 
undaydigan gaplardir. Bularga 
ma, mang, qani, marhamat
kabi soʻzlar 
kiradi. YOzuvda soʻz-gaplarning oxiriga nuqta, undov belgisi, koʻp 
nuqta qoʻyilishi mumkin. 
Ha, yoʻq, mayli
soʻzlaridan keyin vergul 
qoʻyilib, keyin gap boʻlaklari qoʻllansa, bu soʻzlar kirish soʻzlar
hisoblanadi va soʻz-gaplar hisoblanmaydi: - 
Kecha muzeyga 
bordingizmi? - Ha, bordik. 
Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr
kabi 
soʻzlar bilan ifodalanib, minnatdorlik, salomlashish, kechirim, iltimos 
kabilarni ifodalaydigan gaplar ham soʻz-gaplar hisoblanadi.Soʻz-
gaplar koʻpincha dialogik nutqda qoʻllanadi. 
Toʻliq va toʻliqsiz gaplar haqida ma’lumot 
Fikrni ifodalash uchun zarur boʻlgan gap boʻlaklarining barchasi 
qatnashgan gaplar 
toʻliq gaplar
deyiladi:
 Ulardan xat keldimi? 
Nutq vaziyatidan ma’lum boʻlgan ayrim boʻlaklari tushirilgan 
gaplar 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə