Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


 Endi odamlar – otliq, piyoda, yosh-qari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195
Ona tili sintaksisi

6.
 Endi odamlar –
otliq, piyoda, yosh-qari
 - uchray boshladi. 
Ushbu 
gapdagi tinish belgilarini izohlang. 
7.
Ajratilgan boʻlak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, qanday 
tinish belgisi bilan ajratiladi? 
8.
 Mening oʻz muhabbatim bor 
– toza va musaffo

Ushbu gapda qaysi 
boʻlaklar ajratilgan? 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 25-40 
2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 
2019. 6-11 
3. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova,X.Gʻulomova, 
Sh.Yoʻldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. - 300 bet. 
4. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar 
toʻplami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. - 240 bet. 
5. E.Qilichev. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 2005, “Talqin”
nashriyoti. 
6. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy oʻzbek tili. 2006,“Universitet” 
nashriyoti. 
 
 
 


51 
11-mavzu: Gap boʻlaklari tartibi 
Reja: 
1. Gap boʻlaklarining odatdagi tartibi. 
2. Gap boʻlaklarining oʻzgargan tartibi. 
Tayanch tushunchalari:
gap boʻlaklarining tartibi, grammatik holat
normativ tartib, yoyiq va yigʻiq gaplar.
 
Oʻzbek tilida gap boʻlaklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning 
oʻrnini almashtirish odatda grammatik holatni oʻzgartirmaydi. 
Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, toqqa qarab 
oʻtib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay 
oʻtib ketadi toqqa qarab. - Oʻtib ketadi shoshilmay toqqa qarab oppoq 
bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay oʻtib ketadi qishoq ustidan 
toqqa qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap boʻlaklarining 
oʻrinlarini almashtirish grammatik holatni oʻzgartirmagan, ammo gap 
mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-
boshqa gap boʻlaklariga odatdagidan koʻproq ahamiyat berilgan. 
Lekin, shunga qaramay, gap boʻlaklari ma’lum bir normativ tartibda 
joylashish xususiyatiga ega. 
Oʻzbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida 
keladi. Ikkinchi darajali boʻlaklar esa ega va kesim orasida joylashadi. 
Bunday tartib, asosan, darak gaplarda boʻlib, u toʻgʻri yoki normativ 
tartib deyiladi. 
Har bir gap boʻlagiga nisbatan tartib quyidagicha boʻladi: 
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar 
bilan olqishladilar. (Y.Shukurov). 
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning 
yigirmataga yaqin qoʻy-echkisi borligini koʻp odam bilar edi. 
(P.Qodirov). 
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: Gʻoʻza umriga zavol-ku u. 
(J.Abdullaxonov). 
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi:
Bogʻda yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup 
mirzaterak oʻsgan 
edi.
(J.Abdullaxonov). 
She’riyatda, ishoralarda kesim gapning boshida ham keladi:
Intilar borliqni inson Barkamol etmoq uchun.
Ne atab, insonni borliq Barkamol etgan emas. (E.Vohidov.) 


52 
III. Vositasiz toʻldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: 
Mashina shamoli brezentning uchini hilpiratib, chakmonning 
etaklarini tortqilaydi. (P.Qodirov). 
Ba’zan vositasiz toʻldiruvchi gapning boshida keladi: YOmonlik oʻtini 
faqat yaxshilik oʻchiradi. («Oz-oz oʻrganib dono boʻlur»). 
Vositali toʻldiruvchi ham koʻpincha kesimdan oldin keladi: Hayrli va 
sababli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi. (Hadis namunalari). 
IV. Hol ham asosan kesimdan keladi: 
1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda 
kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vaxshiy togʻlar orasida u bilan 
yuzma-yuz 
keldi. 
(S.Ahmad). 
Tolibjon 
dunyoda 
nimalar 
boʻlayotganidan bexabar. Gazeta yoʻq, televizor hali ham ishlamaydi. 
(S.Ahmad). Erali allaqachon juftakni rostlab qolgan edi. (S.Ahmad). 
2. Oʻrin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida 
keladi: ... mashina togʻ etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oykoʻl 
qishlogʻiga kirib bordi. (P.Qodirov). Tekislikka yoqqan yomgʻir togʻ 
tepasiga qor boʻlib tushgan ekan. (P.Qodirov). Tekislikning uzoq 
chetidan chiqib kelgan yuk mashinasi shu toqqa qarab jadallab 
boryapti. (P.Qodirov). 
3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi: ... 
barglar orasiga toʻplanib qolgan oppoq yomgʻir 
suvi oftobda yaltirab
,
tirqirab toʻkildi. (P.Qodirov). – Keling,- deb sovuqqina koʻrishdi. 
(P.Qodirov). Qoʻqqisdan qorasovuq boshlanib, choʻponlarni 
tashvishga solib qoʻydi. (M.Qoriev). 
4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi: Koʻp yurgan koʻp 
koʻrar, koʻp oʻqigan koʻp uqar. (Maqol). 
5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki 
oʻrtasida keladi: Aqlning eng katta gʻalabalari, ehtimol, ehtiroslar 
tufayli roʻyobga chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab 
keldim, oq qoya, sen naqadar magʻrur va kibor. (Mirtemir). Endi 
ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat 
chekamiz. (P.Qodirov). 
V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib oʻzgarsa, 
ularning grammatik holati ham oʻzgaradi. 
1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi: Har bir kishining soʻzi oʻz 
fazilatlari dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz oʻrganib dono 
boʻlur»). 


53 
2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: Havoda ... yongʻoq 
hazonlarining oʻtkir hidi gurkirardi. (Oʻ.Hoshimov). Muvaffaqiyatli 
tarbiyaning siri - oʻquvchiga hurmatda boʻlish. («Tafakkur gulshani»). 
Gapda sifatlovchi birdan ortiq qoʻllansa, ularning tartibi quyidagicha 
boʻladi: 
1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: U atrofida 
mavj urib turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. 
(P.Qodirov). 
2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan 
sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: 
Osmonning yarmigacha chiqib borgan bu bahaybat devorning u er - 
bu erida choʻponlar yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov). 
3) –dagi affiksli soʻz bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan 
ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Hulkar chelakdagi tiniq suvdan 
... olib kelib berdi. (P.Qodirov). ... koʻzi akasining chap qoʻlidagi 
qoʻshaloq barmoqqa tushdi. (P.Qodirov). 
4) miqdor tushunchasini bildiruvchi soʻz (son, olmosh, ravish) bilan 
ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + 
sifatlanmish: ... suvdan bir chini kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov). 
5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan 
sifatlovchi + sifatlanmish: Yomgʻirdan keyingi loyqada muhrlanib 
qolgan ikkita izning nimasidir goʻdak tovonini eslatar edi. 
(P.Qodirov). 
Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi: Oʻshanda 
Oxunboboev bilan quvalik temirchi Shakarxon Moʻminova degan 
juvonning suvrati gazetada chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy ota usta 
Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov). 
Agar gap boʻlaklarining normativ, toʻgʻri tartibi oʻzgarsa, inversiya 
hodisasi roʻy beradi. Inversiya hodisasi koʻproq jonli tilda va 
she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap boʻlaklarining 
grammatik holati oʻzgarmaydi. Masalan: Gʻoʻza umriga zavol-ku u. 
(J.Abdullaxonov). Zotiljam kasaliyu yurak siqilishi nimaligini 
bilmaydi oʻsha xonadon ahli. (J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap 
oxirida kesimdan soʻng kelgan). Chindan ham hayvonot bogʻI es 
aboʻlarkan bu erni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz toʻldiruvchi 
inversiyaga uchrab kesimdan keyin qoʻllangan.) 
Temirjon uchun 
barcha notanish, barcha begona ham. (J.Abdullaxonov). Qaysi bir 
gazetada ota-bolaning koʻchat ekib turgandagi surati ham e’lon 


54 
qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida 
kesimdan keyin kelgan.). 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə