Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195
Ona tili sintaksisi

1) bir bosh boʻlakli
gaplarning grammatik asosida bir bosh boʻlak 
mavjud boʻladi: 
Ota-onalarga 
yordam berdik
.
2) ikki bosh boʻlakli gaplarning
grammatik asosida har ikkala bosh 
boʻlak ham, ya’ni ega va kesim ham qatnashadi:
Biz
 maktabga 
bordik

Ikki bosh boʻlakli gaplarning turlari
1. Yigʻiq ikki bosh boʻlakli gaplar
tarkibida bosh boʻlaklargina
mavjud boʻladi: 
Oʻquvchilar yigʻildilar. 
Ba’zan ega va kesim 
birikma bilan ifodalanib, kengayib keladi va ikkinchi darajali 
boʻlaklar borga oʻxshab koʻrinadi, lekin bu gaplar ham yigʻiq gaplar 
hisoblanadi: 
Yigit hamshunaqa boʻladimi? Ikki dugonatermilib 
qolishdi. 
2. Yoyiq ikki bosh boʻlakli gaplar
tarkibida bosh boʻlaklardan 
tashqari, ikkinchi darajali boʻlaklar ham qatnashadi: 
Oʻquvchilar 
maydonchaga yigʻildilar. 
Bir bosh boʻlakli gaplarning turlari
1. Shaxsi ma’lum (aniq) gaplar
kesimiga qarab egani aniqlash
mumkin boʻlgan gaplardir:
YUtuqlar oldida esankiramaylik (Biz)

2. Shaxsi noma’lum (noaniq) gaplar
kesimiga qarab ish-harakatning 
haqiqiy bajaruvchisini aniqlash mumkin boʻlmagan gaplardir: 
YAxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar.
(kesim 3-shaxsdagi fe’l 
bilan ifodalanganda, shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum gaplar 
quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma’lum gapda soʻzlovchi oʻziga tanish 
shaxs haqida soʻz yuritadi, shaxsi noma’lum gapda esa oʻzi shaxsan 
tanimagan shaxs(lar) haqida soʻz yuritadi:
Bugun keldi
- shaxsi 
ma’lum gap. 
Sevgini chidaganga chiqargan
– shaxsi noma’lum gap) 
3. Shaxsi umumlashgan gaplar
mazmunan har uchala shaxsga 
taalluqli boʻlgan gaplardir:
Sanamay sakkiz dema. 


56 
Bunday gaplarning kesimi odatda, II shaxs birlikda buyruq 
maylidagi fe’l bilan ifodalansa ham, mazmunan barchaga qaratilgan 
boʻladi, shuning uchun ega ifodalanmaydi. Xalq maqollari shaxsi 
umumlashgan gaplar orqali ifodalanadi: 
Bugungi ishni ertaga qoʻyma.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə