Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/195
tarix02.10.2023
ölçüsü2,59 Mb.
#125264
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195
Ona tili sintaksisi

Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1.M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova,X.Gʻulomova, 
Sh.Yoʻldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. - 300 bet. 
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar 
toʻplami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. - 240 bet. 
3. E.Qilichev. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 2005, “Talqin”
nashriyoti. 
4. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy oʻzbek tili. 2006,“Universitet” 
nashriyoti. 
5. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 25-40 
6. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 
2019. 6-11. 
 
 
 


59 
13-mavzu: Qoʻshma gap haqida maʼlumot. Bogʻlangan qoʻshma 
gap 
 
Reja: 
1.Qoʻshma gap haqida tushuncha. 
2.Qoʻshma gapning turlari. 
3.Bogʻlangan qoʻshma gap, turlari: 
a) biriktiruv munosabatli; 
b) zidlov munosabatli; 
s) ayiruv munosabatli; 
d) inkor munosabatli bogʻlangan qoʻshma gaplar 
4. Boʻlsa, esa soʻzlari yordamida bogʻlangan qoʻshma gaplar. 
Tayanch tushunchalar: 
qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, 
bogʻlovchilar, koʻmakchilar, yuklamalar.
 
Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik 
va intonaqiyaga koʻra birikishidan hosil boʻlgan gap 
qoʻshma gap
deyiladi. Qoʻshma gap grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar 
boʻlib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, 
intonaqiyaga koʻra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi. Masalan: 
quyosh jilmayib boqar va sargʻaygan koʻkatlar kokilida shudring 
jilovlanardi. (Oʻ. Hoshimov). Bu qoʻshma gap tarkibida ikkita 
grammatik asos boʻlib, ular orasida bir paytda roʻy berayotgan voqea-
hodisalar ifoda etilgan. Qoʻshma gap qismlari esa zidlov bogʻlovchisi 
yordamida oʻzaro birikkan. 
Qoʻshma gaplar, qismlarining oʻzaro birikish usuli va semantik 
munosabatiga koʻra uch xil boʻladi. 
1. Bogʻlangan qoʻshma gap. 
2. Ergashgan qoʻshma gap. 
3.Bogʻlovchisiz qoʻshma gap.

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə