42
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeker-Olen
kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo‟yicha xalqaro savdolar
– ishlab chiqarish omillarining bir yoqlamaligi, texnikalarning bir-biriga mosligi,
raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda
mamlakatlar o‟rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlarga tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P. Samuelson
hamda V.Stolperlar tomonidan to‟ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat
mamlakatlar o‟rtasidagi o‟zaro foydali savdolarni, balki mamlakatlar rivojlanishi
o‟rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.
Dostları ilə paylaş: