46
XULOSA.
Savdo qadimiy kasblardan biri bo`lib, bugungi kunda ham o`z qadr –
qimmatini yo`qotmagan va kelajakda ham mavjud bo`ladi. Chunki har qanday
mahsulotni yoki xizmatni ishlab chiqarish oson agarda uning xaridori bo`lsa.
Bugungi kunda millionlab tovar va xizmatlar yaratilgan bo`lib ularning sotuvi ham
turlicha. XXI asr axborot texnologiyalar asridir. Hamma sohalarda juda ko`p
yangiliklar qilinmoqda. Savdo tizimida ham innovatsion yangiliklar juda ko`p
uchraydi. Masalan avval xaridorlar tovarlarni izlab topishgan bo`lishsa, hozir tovar
va xizmatlar mijozlarni qidirib topishadi. Rivojlangan mamlakatlarda erkin raqobat
shu darajaga yetdiki tovar va xizmatlar savdosi internet tarmog`ida ham sotiladigan
bo`ldi. Bir vaqtlar mahsulotlar karvon yo`llari orqali olib kelib sotilgan,
savdogarlar qayerda qanday mahsulot sotilishini taxmin asosida bilishgan
bo`lishsa, bugungi kunga kelib internet yordamida dunyoning xohlagan
nuqtasidan tovar va xizmatlarga buyurtma berishingiz yoki mahsulotlarni sotishda
qayerda nimaga qanchalik talab shakllanganligini bilib olish imkonoyati mavjud.
Har qanday sanoatda ham mamlakat hukumati xususiy tarmoqni rivojlanishi
yuzasidan rag„batlantirib borishi lozim. Savdo sohasida ham xususiy tarmoqlarni
rivojlantirish, shu jumladan savdo shaxobchalari faoliyatini takomillashtirish eng
asosiy omillardan sanaladi. Savdo tizimini rivojlantirishda asosan innovatsiyalarni
yaratishga katta ahamiyat beriladi. Chunki yangi yaratilgan innovatsiya kelajakda
ushbu firmaning yo„lini belgilab beradi. Savdo firmalari o„z mahsuloti
rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur savdo maskanlari hukumatdan o„z
faoliyatlarini yuritishga, transport va hokazolar kabi infratuzilmaning boshqa
elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va ayni paytda hukumat ham
savdo infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiy tarmoqlarga imtiyozlar
beriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o„tish jarayonida savdo tizimida
innovatsiyalarni amalga oshirishda chet el tajribalaridan foydalanish xaridor uchun
ham savdo korxonalari uchun ham juda katta foyda keltiradi deb o„ylayman.
Dostları ilə paylaş: