43
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob‟ektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‟rtasida notekis
taqsimlanganligi.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini aniqlovchi ikkinchi muhim sabab –
bu, turli mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning bir xil rivojlanmaganligidir.
Bu ikki ob‟ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab
chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning
boshlarida xalqaro savdo hajmi AQSHda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini,
Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. SHu davrda O‟zbekiston
yalpi milliy
mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo‟ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an‟anaviy shakli sifatida quyidagi
ko‟rinishlarni o‟z ichiga oladi:
- mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‟i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo‟jaligi
mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
- xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
-
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda
xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;
- yangi ilmiy-texnik ma‟lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to‟g‟ri keladi.
Xalqaro
savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma‟lumotlarini
ayirboshlashning barcha ko‟rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida
amalga oshiriladi. Ular o‟z
navbatida eksport, import, reeksport va reimport
operatsiyalariga bo‟linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan
sotib olish va uni
mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan
va u erda qayta ishlov
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
44
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita aralashuvi jarayoni eksport
va importni cheklash hisoblanadi. Davlat tomonidan olib boriladigan bunday
tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: