O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Birja, ko„rgazma va kimoshdi savdosining mohiyati va unda innovatsiya- larning o`rni………………………………………………………………….23 2.3



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix28.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
savdo tizimida innovatsion faoliyatlar va ularning iqtisodiy tasirlari

 
2.2.Birja, ko„rgazma va kimoshdi savdosining mohiyati va unda innovatsiya-
larning o`rni………………………………………………………………….23
2.3.
 
Xalqaro savdo iqtisodiyotida innovatsion yondashuvlar…………….......38 
Xulosa………..…...…………………………………………………..….……46 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati………..……………...…….…….……… 47 
Tayanch iboralar................................................................................................50 
 
 
 
 
 
 



Kirish. 
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni qo`llab – quvvatlash va milliy 
innovatsiya tizimini rivojlantirish, yuqori samarali ilmiy hajmdor texnologiyalarni 
joriy etishning yangi mexanizmlarini yaratish, fan va texnikaning ustuvor 
yo`nalishlarini ildam rivojlantirishni ta‟minlash orqali ilmiy – texnik salohiyatni 
kuchaytirshga yo`naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo„ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasida 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy 
o„zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini 
izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo„l 
ochib berish to`g‟risida aytib o`tgani ham tadbirkorlarga ochilayotgan yangi 
imkoniyat desak adashmaymiz. O„tgan yil yakunlariga ko`ra, birinchi navbatda, 
iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror 
yuqori o„sish sur‟atlariga erishganimizni ta‟kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki 
mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo„jaligi ishlab 
chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 
foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori 
qo„shimcha qiymatga ega bo„lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Tashqi savdo 
balansidagi ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-
valyuta zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga ko„paydi. Xususiy 
tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyati, birinchi 
navbatda, bunday mahsulotlarni birja va yarmarka savdolarida sotish hajmini 
ko„paytirish hisobidan sezilarli ravishda kengaytirildi. Masalan, 2014-yilda ular 
tomonidan Respublika tovar-xomashyo birjasida qariyb 3trillion so„mlik yoki 
2013-yilga nisbatan 1,6 barobar ko„p xomashyo va materiallar sotib olingan. Shu 
bilan birga, xususiy tadbirkorlar birja savdolari orqali o„zlari ishlab chiqargan 1 
trillion 500 milliard so„mlik mahsulotni sotdi, bu ko„rsatkich 2013-yilga qaraganda 
1,7 barobar ko„pdir.



Jahon banki tomonidan e‟lon qilingan, xarid qobiliyati bo„yicha 
hisoblanadigan yalpi ichki mahsulot hajmiga qarab aniqlanadigan iqtisodiy 
rivojlanish borasidagi yangilangan reytingda O„zbekiston dunyoning 190 ta davlati 
orasida 2010-yildagi 72-o„rindan 66-o„ringa ko„tarildi. Xizmat ko„rsatish sohasi 
iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili 
hisoblanadi. Jahon tajribasi bugun aynan ushbu soha yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirish, aholi bandligini ta‟minlash, odamlarning farovonligini oshirishda 
yetakchi o„rin tutishini ko„rsatmoqda. 
2014-yilda bozor xizmatlari ko„rsatish hajmi 15,7 foizga o„sdi, ularning yalpi 
ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi. Bugungi kunda 
iqtisodiyotda band bo„lgan aholining 50 foizdan ortig„i ushbu tarmoqda mehnat 
qilmoqda. Har yili yaratilayotgan yangi ish o„rinlarining, avvalambor, kasb-hunar 
kollejlari bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan ish o„rinlarining uchdan bir 
qismidan ko„prog„i aynan mazkur soha hissasiga to„g„ri kelmoqda. Shundan kelib 
chiqib, 2015-yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o„sish sur‟ati 108 foiz darajasida 
bo„lishi ko„zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmining 8,3 foizga, qishloq xo„jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko„payishi 
belgilanmoqda. 
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tom ma‟nodagi isloxot va o`zgarishlar shu 
jumladan ilmiy texnik siyosat kabi muxim faoliyat soxasiga xam o`z ta‟sirini 
o`tkazmokda. Fan va texnika yutuklaridan samarali foydalanish masalalari bozor 
isloxotlarini amalga oshirish jarayonida aloxida dolzarblik kasb etadi. Rakobat 
muxiti va bozor sharoitlarida faoliyat olib borayotgan ko`pchilik korxonalar uchun 
aynan 
innovatsion 
faoliyat 
xamda 
uning 
natijalari 
muvaffakiyat 
va 
samaradorlikning bosh mezoni xisoblanadi. SHuning uchun xam zamonaviy 
sharoitda bozor munosabatlari ishtirokchilari, ayniksa, ishlab chikaruvchilar 
o`zlarining joriy va istikboldagi rakobatbardoshligini ta‟minlash uchun mustakil 
xamda maksadga muvofik tarzda ilmiy-texnik siyosat va innovatsion faoliyatni 
olib borishlari davrning asosiy talabi xisoblanadi. 



Respublikamizda joriy yilda iste‟mol tovarlari ishlab chiqarishni 11,7 foizga, 
shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini 11 foiz va nooziq-ovqat tovarlarini 12,1 
foizga ko„paytirish, ushbu mahsulotlarni chakana savdo tarmog„i orqali sotishni 
14,2 foizga oshirish vazifasi va xizmat ko„rsatish sohasini yanada jadal sur‟atlar 
bilan rivojlantirish mo„ljallanmoqda. Xizmatlar ko„rsatish hajmini 15,6 foizga 
oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizga yetkazish nazarda 
tutilmoqda. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə