savdo
xizmatlari tarkibiga 11 turdagi xizmatlar
(transport, qatnov (sayohat), aloqa,
qurilish, sug„urta, moliya, axborot, litsenziyalar, biznes xizmatlar, madaniyat,
hukumat tashkilotlariga tovarlar yetkazib berish) kiradi. Iste‟molchiga yetkazib
berish usullariga ko„ra, xizmatlarning investitsion (bank, mehmonxona va
boshqalar), savdo (transport, sug„urta va boshqalar), savdo-investitsiya (aloqa,
qurilish, axborot va boshqa) turlari ajratiladi. Xizmatlar omilli (kapital, mehnat,
15
texnologiyalarning mobilligi bilan bog„liq to„lovlar) va omilsiz (xizmatlarning
qolgan turlari) bo„lishi mumkin.
Xizmatlar bilan savdo qilish xususiyatini sotuvchi va xaridorning bitim tuzish
vaqtidagi aloqasining mavjudligi tashkil qiladi. Xizmatlar savdosida bitimlar
tuzishning quyidagi shartlari mavjud:
1) xaridorning mobilligi (turizm, tibbiy yordam va boshqalar);
2) sotuvchining mobilligi (qurilish, audit va boshqalar);
3) bir vaqtning o„zida sotuvchi va xaridorning mobilligi yoki xizmatning o„zining
mobilligi (xalqaro telefon so„zlashuvi, uchinchi mamlakatdagi xalqaro
konferensiya kabilar).
Jahon xizmatlar tarkibida xususiy sektor, transport xizmatlari yetakchi o„rin
tutadi. Xizmatlar qiymati hajmining 75 foizi rivojlangan mamlakatlar tomonidan
eksport qilinadi. Jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan xizmatlarning eng muhim turi
transport xizmatlaridir (tovar va yo„lovchilarni xalqaro miqyosda tashish).
Moliyaviy lizing ijaraga beruvchining xarajatlari qoplanishi va unga foyda
ta‟minlanishini nazarda tutadi. Ijarachi ijara muddati tugaganidan so„ng, ijara
predmetini qaytarishi, uni qoldiq qiymati bo„yicha sotib olishi yoki yana ijaraga
olishi mumkin.
Ishlab chiqarish (operativ) lizingi ijaraga olinayotgan texnikaning amortizatsiya
davridan kamroq muddatga foydalaniladi, shu bois ijara stavkalari yuqoriroq
bo„ladi. Lizing kompaniyasi uskunani xorijiy firmadan sotib olishi va o„z
mamlakatiga ijaraga berishi (import lizing) yoki aksincha bo„lishi (eksport lizing)
mumkin.
Xizmatlar bilan savdo qilishda konsalting xizmatlari (audit, boshqaruv
maslahatlari va boshqalar), vositachilik keng tarqalgan. Jahondagi turli
mamlakatlar mahsulot ishlab chiqaruvchilari o„rtasidagi aloqaning asosiy
shakllaridan biri tashqi savdo faoliyatidir.
Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotda va klassifikatorlarda turli yangi
me‟zonlar va ularga taaluqli ravishda xizmatlarning turli xil tasniflanishi taklif
etilmoqda. Jumladan quyidagi xizmatlar tasniflari: moddiy darajasi bo`yicha
16
insonlarning shaxsiy aloqalari darajasi, xizmatlar mehnat sig`imi, xizmat sohasida
ijtimoiy va shaxsiy bog`lanishlar nisbati bo`yicha. Har bir tasniflashtirish tarmoqni
ma‟lum maqsadda o`rganishga mo`ljallangan.
Xizmatlardagi farq ularning tasnifi, maqsadli belgilanishi, taqdim etish
shakllari va haq to`lash usulidan kelib chiqadi.
Tasnifi bo`yicha ko`rsatilayotgan xizmatlar aniq ifodalangan tarmoq
yo`nalishiga egadir:
maishiy mashinalar va asbob-uskunalarni ta‟mirlash, yangi mahsulotni ishlab
chiqarish;
qishloq xo`jaligi, gigienik tavsifdagi xizmatlar;
transport, savdo, axborot, ijaraga berish xizmatlari;
qurilish, uylarni ta‟mirlash, badiiy ishlar va xalq ijodi mahsulotlarini ishlab
chiqarish;
ta‟lim, tibbiy va boshqalar.
Maqsadli belgilanish bo`yicha xizmatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
maishiy belgilanishdagi predmetlarning iste‟mol xususiyatlarini ta‟minlash
maqsadida aholi buyumlarini ta‟mirlash va qarash xizmatlari (kiyim-kechakni,
oyoq kiyimini ta‟mirlash, kimyoviy tozalash va buyumlarni bo`yash va boshqa
xizmatlar);
aholi buyumlari bo`yicha yangi mahsulotni tayyorlash, ya‟ni yangi iste‟mol
qiymatlarini yaratish (kiyim-kechakni tikish,trikotaj mahsulotlarini tikish, mebel
tayyorlash, uy qurish va hokazolar);
turmushda qulayliklarni yaratish bo`yicha xizmatlar, jismoniy shaxs sifatida
insonning ehtiyojlarini qondirish, shuningdek uy xo`jaligini yuritish bilan bog`liq
xizmatlar (sartaroshxonalar, sanitar-gigienik va tibbiy xizmatlar, madaniy-maishiy
belgilanishdagi buyumlarni ijaraga berish va hokazolar);
ma‟lumot-axborot va vositachilik, sayyohlik va boshqa xizmatlar;
shaxs sifatida insonning ehtiyojini qondirish bo`yicha (ta‟lim, madaniy) xizmatlar.
Xizmatlarni pullik, bepul va aralashlarga bo`lish alohida ahamiyatga ega.
17
Ushbu tasnif qabul qilingan iqtisodiy kenglikni iqtisodiyotning xususiy
(bozor) va ijtimoiy (nobozor) sektorlariga bo`linishlariga asoslanadi.
Bepul xizmatlardan farqli ravishda pullik xizmatlar quyidagi xususiyatlarga
ega:
iste‟molning yakka tartibdagi tavsifi, bo`linish va saylanish bilan;
raqobatlilik, monopol holatning bo`lmasligi bilan.
To`lash uslubi bilan xizmatlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
oldin va to`liq tartibda to`lanadigan yoki buyurtmani qabul qilishda qisman
oldindan to`lanadigan va buyurtma topshirilishida oxirgi hisob-kitoblarni amalga
oshirish tartibidagi xizmatlari;
aholiga bepul ko`rsatilgan xizmatlar (maishiy belgilanishdagi mashina va
apparatlarni kafolatlangan ta‟mirlash);
kechiktirilib to`lanadigan xizmatlar, ya‟ni kreditga beriladigan.
Xizmatlar
yo`naltirilgan
faoliyatning
turlari
bo`yicha
funktsional
tasniflashtirish, xizmatlarni besh guruhga bo`lishni ko`zda tutadi:
ishlab chiqarish - lizing, injiniring, ishlab chiqarish asbob-uskunalariga texnik
xizmat ko`satish, texnik kommunikatsiyalarni ta‟mirlash va hokazolar;
iste‟mol - uy xo`jaligiga mo`ljallashtirilgan ommaviy xizmatlar (turar joy va unda
mavjud bo`lgan uzoq muddatli foydalanishdagi buyumlarni normal holatda
saqlash);
professional - sug`urta, moliya, bank, reklama, maslahat;
taqsimot -transport, aloqa, savdo xizmatlari;
shaxsiy tavsifdagi noishlab chiqarish (sartaroshxonalar, fotoatele va hokazolar)
xizmatlari.
Xizmatlarning sistemaliroq tasnifi ularni buyumlashtirilgan tamoyil bo`yicha
bir necha klasslarga bo`ladi:
tovarlar va boshqa fizik ob‟ektlarga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar
(kimyoviy tozalash, asbob-uskunalarni saqlash va ta‟mirlash, qo`riqlash va boshqa
xizmatlar);
18
inson tanasiga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar (fitnes markazlar, restoranlar
va kafelar, go`zallik salonlari);
insonning ongiga yo`naltirilgan his etilmaydigan harakatlar (ta‟lim, teatrlar,
muzeylar, axborot xizmatlari).
Kompekslik bo`yicha xizmatlar oddiy va qiyinlarga (kompleks xizmat
ko`rsatish) bo`linadi. Ko`pchilik xizmatlar kompleks tavsifga ega. Masalan,
mehmonxonalar xizmatlari - bu nafaqat turar joyni taqdim etish, balki ovqatlanish,
maishiy xizmat ko`rsatish, iste‟molchilar xodig`ini chiqarishni taqdim etish
bo`yicha xizmatlar hamdir. Ularni qanaqangi tavsiflashtirishdan foydalanilmasin,
biror bir aniq kichik guruhga kiritish qiyin.
Aralash xizmat tovar-moddiy boyliklarga hamrohlik qiladi, ularning
aylanishini engillashtiradi va ularni iste‟molchi uchun jozibador qilib ko`rsatadi.
Ushbu xizmat jumlasiga tovar oldi-sotdisiga hamroh bo`ladigan sotishdan oldingi
va sotishdan keyingi servisni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |