8
Tijorat turlariga bozor tadqiqotlarini tashkil etish, infratuzilmaning va asosiy
raqobatchilarni baqolash, reklamani shakllantirishlarni kiritish mumkin.
Tijorat-vositachilik faoliyati uch asosiy vazifa hal qilingandagina foydali
bo„ladi:
1).
Nafaqat ichki va tashqi bozor, balki, ularning iqtisodiy rivojlanish
tendensiyalarini baholashga imkon beradigan, ham konyunktura xarakteridagi, ham
statistik ma‟lumotlar bankini o„z ichiga olgan tijorat axborotlarini yig„ish va
tarqatishning doimiy ishlab turuvchi tizimlarini yaratish.
2). Mahsulot yetkazib berish va servis xizmatlari bo„yicha shartnoma
majburiyatlarini o„z vaqtida bajarish maqsadida bozor
infratuzilmasining asosiy
elesentlarini shakllantirishga imkon beruvchi moddiy-texnika bazasini – omborlar
tizimi, transport, aloqa va kommunikatsiyalar yaratish.
3). Mijozlar jalb qilish vazifasini o„z vaqtida bajarishni ta‟minlovchi menejer va
savdo agentlarini tayyorlash va qayta o„qitishni uzluksiz amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: