innovatsion
ahamiyatli mahsulotlar, elektr-texnika
uskunalari, transport vositalarining hissasi ortib bormoqda. Jahon bozori savdo
aylanmasi tarkibida qishloq xo„jalik mahsulotlarining ulushi qisqarib, yengil
sanoat mahsulotlari ulushi ortayotgani kuzatilmoqda. Jahon eksportida xizmatlar
ulushi to„xtovsiz o„sib bormoqda. Jahon narxlari – bu jahon savdo markazlari
(London metallar birjasi, Chikago savdo birjasi kabi)ning baholari. Dunyo
narxlarining quyidagi turlari ajratiladi:
1) erkin konvertatsiya qilinadigan va qilinmaydigan valutadagi to„lovlar bilan
amalga oshiriladigan bitimlar bo„yicha narxlar;
2) transfert (firma ichidagi) narxlar, bular tijorat siri hisoblanadi;
3) savdoga taalluqli bo„lmagan operatsiyalar bo„yicha narxlar.
Tovarlarga bo„lgan kontrakt (shartnomaviy) narxlarning quyidagi turlari
qo„llaniladi:
1) qat‟iy narx;
2) bitim ijro etilayotgan paytdagi muayyan (aniqlik kiritilgan) narx;
3) bozor narxining shartnomaviy narxdan muayyan miqdorga oshganini inobatga
oluvchi narx;
4) o„zgaruvchan (sirpanuvchan) narx, u ayrim xarajatlarning o„zgarishiga bog„liq;
5) aralash narx (narxning muayyan qismi belgilab qo„yiladi, boshqasi esa
o„zgaruvchan xususiyatga ega bo„ladi).
29
Kontrakt narxlarning xususiyati tovarlarni yetkazib berish muddatini inobatga
oladi va sotuvchini inflatsiya tufayli zarar ko„rishdan himoya qiladi. O„zgaruvchan
narxlarni hisoblaganda e‟lon qilinuvchi indekslar qo„llaniladi, bu esa xaridorni
sotuvchining narxlarni oshirib ko„rsatishidan himoya qiladi.
Dunyo narxlarini iqtisodiy va statistik tahlil qilishda ularni ikki guruhga ajratish
qabul qilingan: qayta ishlovchi sanoat mahsulotiga bo„lgan narx va xomashyo
narxi. Qayta ishlovchi sanoat mahsulotining eksport narxi uchun asos sifatida
ishlab chiqaruvchilarning o„zlari to„liq va bevosita xarajatlar usullari bilan
shakllantiradigan ichki bozor narxlari xizmat qiladi. To„liq xarajatlar usuli
bo„yicha mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga kutilayotgan foyda hajmi
qo„shiladi hamda kutayotgan daromad aniqlanadi. Ushbu daromadning miqdori har
oyda ishlab chiqariladigan mahsulotga bo„linadi. Shu tariqa har bir buyumning
narxi aniqlanadi. Bevosita xarajatlar usuli bo„yicha barcha xarajatlar yuk xati
(shartlidoimiy) va bevosita (o„zgaruvchan) xarajatlarga bo„linadi. Bevosita
xarajatlar usuli bo„yicha baho belgilash asosan bevosita (o„zgaruvchan)
xarajatlarni inobatga oladi. Doimiy xarajatlar sotuv narxlari bilan o„zgaruvchan
xarajatlar o„rtasidagi farq, ya‟ni qo„shilgan (marginal) foyda bilan qoplanadi.
Firmalar e‟lon qilingan (preyskurant) narxlarni o„zgartirmagan holda, ularni
oshirishi yoki tushirishi mumkin. Buning uchun yetkazib berish shartlari, sifati,
o„rami (qutisi) va shu kabilar uchun ustamalar yoki chegirmalar tizimidan
foydalanadilar yoxud tovarlarni shartnomaviy narxlar bo„yicha sotadilar (ular
sanoat uskunalari, yarimfabrikatlar va materiallar sotuvining 80–90 foizini qamrab
oladi). Xomashyo (energoresurslar, mineral xomashyo, o„g„itlar, qishloq xo„jalik
mahsulotlari, rangli metallar) bozorida baho belgilashning xususiyatlarini asosiy
ishlab chiqaruvchilarning narxlarini, eksport qiluvchi va import qiluvchi
davlatlarning alohida rolini, talab va taklifni hisobga olish tashkil qiladi. Bir xil
tovarlarga bo„lgan dunyo va ichki narxlar ko„pincha o„zaro mos kelmaydi. Tashqi
bozorlarni egallash uchun ichki narxlardan yoki tovar qiymatidan ancha past
bo„lgan demping narxlardan foydalaniladi. Demping xarajatlari tovarlarning ichki
bozorda sotilishidan kelgan o„ta yuqori foydalar hisobidan qoplanadi.
30
Baho belgilashga ta‟sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:
1) eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining darajasi (progressiv
mahsulot, yuqori darajadagi mehnat unumdorligi, malakali ish kuchiga
sarflanadigan xarajatlarning kamligi, asosiy kapitalning yuqori sur‟atlarda
yangilanishi narxlarni pasaytirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish
imkonini beradi);
2) narxlarning inflatsiya ta‟sirida ko„tarilishi (ishlab chiqarish xarajatlarining
ortishi mahsulot narxining o„sishiga olib keladi);
3) aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi.
Shunday qilib, tovarlar ishlab chiqarishning milliy va baynalminal qiymati
o„rtasidagi farqlarda namoyon bo„ladigan qiymat qonuni jahon bozoridagi bitimlar
narxiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi hamda xalqaro mehnat taqsimotining
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Mamlakatlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalar
xalqaro hisob-kitoblar asosida olib boriladi. Xalqaro hisob-kitoblar – bu turli
mamlakatlarning hukumatlari, korxonalari, muassasalari va fuqarolari o„rtasida
yuzaga keladigan pul talabnomalari va majburiyatlari bo„yicha to„lovlarni tartibga
solish tizimidir. Xalqaro hisob-kitoblar turli shakllarda – naqd pulga, kreditga,
oldindan bajarilgan to„lov (avans to„lov) bo„yicha amalga oshiriladi. Jahon
savdosida bitim narxining 80–90 foiz to„lanadigan, qolgan qismi esa shartnoma
bo„yicha belgilangan muddatlarda naqd pul bilan to„lanadigan kreditdan keng
foydalaniladi.
O„zbekistonning tashqi savdosi tovar, xizmat va kapital bilan mamlakatlararo
almashuv (kreditlar olish)ni o„z ichiga oladi. O„zbekiston tashqi savdosining
tarkibiga uning quyidagi turlari kiradi: eksport, import, tranzit savdo (tovarni
xorijda sotib olish va ayni vaqtda uchinchi mamlakatga sotish), tovarlarni qayta
eksport yoki qayta import qilish, litsenziyali savdo kelishuvlari va boshqalar.
O„zbekistonning jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo munosabatlarini
rivojlantirishiga quyidagilar asosiy ta‟sir ko„rsatmoqda:
1) jahon savdosining liberallashuvi (erkinlashuvi);
2) jahon savdo tashkiloti qoidalari bo„yicha jahon savdosining tartibga solinishi;
31
3) xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, texnika taraqqiyoti ta‟sirida ishlab
chiqarishning baynalminallashuvi.
O„zbekiston jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar o„rtasidagi oraliq o„rinni egallaydi. O„zbekiston jahon iqtisodiyotida
sezilarli o„rin egallaydi. Dunyoning 210 dan ortiq mamlakatlari orasida
O„zbekiston o„zining tabiiy resurs hamda ishlab chiqarish salohiyati bo„yicha o„ta
muhim mavqega ega. 2012-yilning 1-yanvar ma‟lumotlariga ko„ra, hududi
bo„yicha 55-o„rinda, aholi soni bo„yicha dunyoda 39-o„rinni egallaydi. Kumush,
volfram, fosfarit, kaliy tuzi, nodir metallar va boshqa qimmatbaho minerallar,
jumladan, oltin zaxirasi bo„yicha 4-o„rinda, uran zaxirasi bo„yicha 7-o„rinda,
molibden bo„yicha 8-o„rinda, misning aniqlangan zaxirasi bo„yicha 10-o„rinda,
tabiiy gaz bo„yicha 14-o„rinni egallab, dunyoning yetakchi davlatlari sirasiga
kiradi. Ekin maydonlari bo„yicha 11-o„rinda turadi, kadmiy qazib olish bo„yicha 3-
o„rinda, uran qazib olish bo„yicha 6-o„rinda, oltin va tabiiy gaz bo„yicha 8-o„rinda,
molibden qazib olish bo„yicha kuchli o„n beshlikka kiradi. Qorako„l ishlab
chiqarish bo„yicha 2-o„rinda, paxta bo„yicha 5-o„rinda, ipak tola bo„yicha 6-
o„rinda turadi. O„zbekiston oltingugurt kislotasi, azotli o„g„itlar, mineral
moylovchi materiallar va parafin, paxta tolasi va gazlamalar, tomat pastasi, quruq
mevalar, bog„dorchilik va uzumchilik mahsulotlari, jun yetishtirish bo„yicha
dunyoning ikkinchi o„ntalik mamlakatlariga kiradi. Paxta tolasi eksporti bo„yicha
ikkinchi, uran eksporti bo„yicha uchinchi o„rinda turadi. O„zbekistonning jahon
savdosidagi ishtirokini kengaytirish shartlarini quyidagilar tashkil qiladi:
1) O„zbekiston tovarlarining dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligi;
2) tashqi savdo tuzilishining rivojlanishi;
3) milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi.
O„zbekiston savdosining geografik tuzilishi ikki asosiy yo„nalish bilan ajralib
turadi: MDH mamlakatlari va uzoq xorij mamlakatlari. Uzoq xorij mintaqalarining
ulushi mamlakatimizning butun tashqi savdo aylanmasi o„sib borish tendensiyasiga
ega bo„lmoqda. O„zbekistonning asosiy savdo sheriklariga quyidagilar kiradi:
32
Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Shveysariya, Buyuk
Britaniya, AQSh va Finlyandiya. Yevropa Ittifoqiga O„zbekiston tovar
aylanmasining 52,1 foizi, MDH mamlakatlariga – 15,3 foizi, Osiyo va Tinch
okeani mamlakatlariga 16,1 foizi to„g„ri keladi. O„zbekistonning asosiy savdo
hamkori Germaniya bo„lib, uning O„zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 10 foizdan
ortiqdir. O„zbekiston Germaniyaning tashqi savdo aylanmasida 14-o„rinni
egallaydi (2 foiz). O„zbekistonning eksporti an‟anaviy ravishda xomashyo
yo„nalishiga ega. Eksport tarkibidagi qiymati bo„yicha yonilg„i-energetika
tovarlarining ulushi XXI asrning birinchi o„n yilligida – 46,2 foizni, qora va rangli
metallar – 15,5 foizni, mashina, uskunalar, transport vositalari – 10 foizni tashkil
etdi. O„zbekistonning importida asosiy o„rinni mashinasozlik (47,7 foiz), oziq-
ovqat va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo (17 foiz), kimyo mahsulotlari (18,1
foiz) tashkil qiladi. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi –
O„zbekiston tashqi savdo aylanmasini xomashyo eksport qilish va iste‟mol
tovarlarini import qilishdan fan yutuqlarini o„z ichiga olgan, yuqori texnologik
tarmoqlarga, dunyoning yetakchi davlatlari, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari bilan
savdo-sotiqni rivojlantirishga yo„naltirish evaziga to„lov balansining maqbul
tuzilishini ta‟minlashdir. Bular O„zbekiston milliy iqtisodiyotining sanoati
rivojlangan mamlakatlar bilan xo„jalik aloqalarini kengaytirishdek obyektiv
ehtiyoji bilan bog„liq.
O„zbekistonning 1990–2014-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va tarkibi.
O„zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti mustaqillik qo„lga kiritilgunga qadar
asosan sobiq Ittifoq respublikalarini xomashyo resurslari bilan ta‟minlashga
yo„naltirilgan edi. Iste‟mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab
chiqarish imkoniyatining mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi.
1990-yilda O„zbekiston tashqi savdo aylanmasi 805,6 million dollarni, jumladan,
eksport 442,7 million dollarni, import 362,9 million dollarni tashkil etgan. Ijobiy
saldo esa 80 million dollar atrofida bo„lgan edi.O„tgan 1991–2011-yillarda tashqi
savdo aylanmasi 27,1 barobar o„sdi, shu jumladan, eksport hajmi 29,5 barobar,
import 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53
33
barobar ortib, oltin-valuta zaxiralarining yuqori darajada o„sishi va milliy valuta
barqarorligini ta‟minladi. Eksport va import tarkibi tubdan o„zgardi. O„zbekiston
chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste‟mol tovarlarini
olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunga kelib, qo„shilgan qiymati yuqori
bo„lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va texnik hamda texnologik
modernizatsiya qilishga mo„ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni
import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |