38
jihatdan o„zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal
rivojlantirishni
ta‟minlash,
faoliyat
ko„rsatayotgan
quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobida
amalga oshirilishi mumkin», – deb ta‟kidlagani bejiz emas. Tashqi savdo faoliyati
davlat tomonidan tartibga solinib turiladi. Ayrim mamlakatlarda istisnoli hollarda
joriy etishi mumkin bo„lgan eksport bo„yicha cheklov choralari belgilangan.
Mavjud cheklovlar quyidagi toifalarga bo„linadi:
1) ushbu tovarning olib chiqilishiga ruxsat etilgan eksporterlar doirasining
cheklanishi;
2) xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi; eksport natijasida
milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi shartlarga rioya etish.
Eksportning miqdor bo„yicha cheklanishi ichki bozor bo„shab qolishining
oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan tashqari ko„payib
ketishiga yo„l qo„ymaslik maqsadida joriy etiladi. Mamlakatlar o„rtasida
tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni o„zaro tan olish haqidagi
bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlari va makroiqtisodiy
barqarorlik ta‟minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish,
xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash
muhim omil bo„ldi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 1990–2013-yillar
davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta, import qariyb 29 marta oshdi.
Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta ortdi. Birgina «2013-yilda
eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko„paydi va 15
milliard dollardan ko„proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar
ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million
dollardan oshdi»
Dostları ilə paylaş: